Qayd etilişiça, Kundalik.com raqamli ta’lim platformasi bölib, öqituvçilar uçun onlayn rejimda darslarni rejalaştiriş, dars işlanmalarini tuziş, öquvçilar davomati va yutuqlarini jurnal hamda kundalik elektron şakllarida yuritiş imkonini yaratadi. Uning yordamida statistik hisobotlar avtomatik tarzda yuritiladi va qölda yoziş şart emasligi bois vaqt behuda sarflanişi oldi olinadi.
Bildirilişiça, mazkur tizimning afzalliklari şundaki, bu orqali, avvalo, öqituvçi vaqti tejaladi, ularga elektron jurnaldan foydalaniş bepul taqdim etiladi. Rivojlangan mamlakatlar öqituvçilari buning yordamida har çorakda 20 soatdan ortiq iş vaqtini tejaydi. Mazkur tejalgan vaqtni esa öqituvçi bolalar bilan ijodiy şuğullanişga yoki qöşimça öquv materiallarini özlaştirişga sarflaşi mumkin.
Kundalik.com loyihasi töliq investitsiya mablağlari hisobidan moliyalaştirilgan bölib, dasturiy mahsulotni yaratiş, uni maktablarga joriy etiş, saqlaş va rivojlantiriş uçun budjet mablağlari sarflanmaydi.
Mazkur elektron kundalik narxi Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qoğoz kundalik narxiga mos tarzda belgilangan. 2020 yilda uning yillik obuna narxi (365 kun) 9200 söm etib belgilangan bölsa, 2021 yilda bu körsatkiç 8600 sömni, 2022 yilda 8000 sömni taşkil etmoqda.
Ta’kidlanişiça, Kundalik.com tizimi ota-onalar uçun qator qulayliklarni yaratadi. Jumladan, onlayn tarzda farzandlari darsga qatnaşayotgani, darsni qay darajada özlaştirib borayotgani, ertangi kungi uy vazifalari xususida tezkor ma’lumotlarga ega bölişi mumkin.

















