OPEK+ yilda birinchi marta neft qazib olishni qisqartiradi
Oktabr oyida neft qazib olish kuniga 100 ming barrelga kamayadi, deb qaror qildi OPEK va OPEK+ vazirlar yig‘ilishi ishtirokchilari.

Foto: Bloomberg
Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) va uning qator hamkor davlatlari (OPEK+) 32-vazirlar yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha videokonferensiya orqali OPEK+ neft qazib olishni kuniga 100 000 barrelga qisqartirishi va oktyabrda avgust oyi shartlariga qaytishi to‘g‘risida kelishib oldi. Bu haqda 5 sentabr, dushanba kuni yig‘ilish yakunlari bo‘yicha OPEK matbuot xizmati xabar berdi.
«Qazib olish darajasini kuniga 100 000 barrelga oshirishga qarab o‘zgartirish faqat 2022 yilning sentabriga mo‘ljallangan edi», — deyiladi bayonotda. Guruh 5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilish oldidan «zarur bo‘lganda bozor o‘zgarishlariga munosabat bildirish» uchun keyingi muzokaralar o‘tkazish huquqini saqlab qoldi.
«O‘tgan oydagi qazib olishni o‘zgartirish iste’molchilar talablariga javob berdi, bu oydagi tuzatish ishlab chiqaruvchilarning xavotiriga munosabat bo‘ldi», dedi Standard Chartered tahlilchisi Emili Eshford.
Qazib olishni qisqartirish qarori bu yil birinchi marta qabul qilindi. Yozda AQSh prezidenti Jo Bayden Saudiya Arabistonidan neft qazib olishni ko‘paytirishni so‘radi. Avgust oyida Reuters agentligi qazib olishning o‘sha paytdagi o‘sishini «86 soniya global talabni» ta’minlaydigan «mayda» o‘sish va Oq uy rahbarining «haqorati» deb atagan.
Iyun oyida davlatlar koronavirus pandemiyasi davrida neftga bo‘lgan talabning pasayishi ta’sirini qoplash uchun iyul va avgust oylarida neft qazib olish kvotasini kuniga 648 ming barrelga oshirishga kelishib oldi. OPEKning eng yirik neft qazib oluvchisi Saudiya Arabistoni avvaliga bu qadamni qo‘yishni istamadi, ammo oxir-oqibatda Ar-Riyod bozordagi taqchillik tufayli bir qator davlatlar Rossiyadan neft sotib olishdan bosh tortgan vaziyatda bozorda tanqislikdan qochishga rozi bo‘ldi, deb yozadi Financial Times.
OPEK+ guruhiga Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkilotining (OPEK) 13 ta a’zosi, shuningdek, 10 ta hamkor davlat, jumladan, Rossiya kiradi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh London muzokaralarida Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi - WP
Jahon | 22:46
-
22 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:15
-
Bloomberg: Makron muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazishi mumkin
Jahon | 22:10
-
«Tolibon» endi Rossiyada terror guruhi emas. Harakat asr boshida Rossiyaga jihod e’lon qilgandi
Jahon | 21:47
Mavzuga oid

21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi

20:44 / 07.04.2025
Kreml neft bozoridagi «o‘ta notinch» vaziyatdan xavotir bildirdi

21:39 / 23.01.2025
Tramp Ukrainada urushni to‘xtatish uchun OPEKni yana neft narxini tushirishga chaqirdi

09:04 / 22.12.2023