Ukrainlarning Mikolayiv va Xerson oblastlari çegarasida 29 avgust kuni boşlangan yurişlari bir neça kun ötib deyarli töxtab qoldi. Bu Ukraina qurolli kuçlari amaliyotining yakuni emas, balki dastlabki hujumlarda katta yöqotişlar berilgani va rossiyaliklar mudofaasi yorib ötilmagani tufayli olingan operativ tanaffus ekani haqiqatga yaqinroq. Ukraina qömondonligi Xerson yönalişida muhim ustunlikka ega, rossiyaliklar buni yöqqa çiqarişi juda qiyin: RF armiyasida Dnepr daryosi orqali uç köprik va bir qança parom orqali ötiş yöllaridan ta’minotni yölga qöyiş böyiça ulkan muammolar yuzaga kelgan, bu yönalişlar doimiy ravişda ukrainlarning raketa zarbalariga uçramoqda.

Armiyaning ilk yirik hujum amaliyoti nega Ukraina uçun katta yöqotişlarga olib keldi?

  • Ukraina qöşini (katta ehtimol bilan, yangi tuzilgan va bungaça mamlakat ğarbidagi hududlarda ta’tilda bölgan brigadalardan iborat) 29 avgust kuni Dneprning öng sohilida Qora dengizdan Dnepropetrovsk oblasti çegarasiga qadar bölgan butun front çiziği böylab hujumga ötdi.
  • Sönggi haftalarda bu yönalişda uzoq muddatli sukunat kuzatilgan, asosiy harbiy harakatlar uzoq masofaga otuvçi artilleriya zarbalari va front ortidagi obektlarga raketa zarbalari yöllaş şaklida keçgandi. Faqat ukrainlar qarşi hujumi boşlanişi arafasida qöşimça kuçlar yetib kelişi tufayli rossiyalik harbiylar Mikolayiv oblastidagi Blahodatnoye (sobiq Komsomolskoye) qişloğiga hujum uyuştirgan va uni egallagan. Bu orqali rossiyaliklarning Ingulets daryosi böyidagi muhim platsdarmi (markazi Snigirevka şahrida) kengaydi.
  • Istiqbolda bu platsdarmdan Rossiya qöşinlari Mikolayivga hujum qilişi mumkin edi. Ammo ukrainlar keng kölamli hujumga ötiş orqali nafaqat Inguletsdagi mazkur xavfli platsdarmni yöq qilişni, balki Rossiyaning Dneprning öng sohilidagi butun guruhini tor-mor etişni maqsad qilgan.

Hujum bir vaqtning özida oltita yönalişda boşlandi: 

  • Qora dengiz sohilidagi Aleksandrovka hududida; 
  • Posad-Pokrovsk (Ukraina qurolli kuçlari nazoratida) va Kiselevka (RF qurolli kuçlari nazoratida) hududlari oraliğida;
  • Rossiyalik harbiylarning Ingulets daryosi böyidagi platsdarmi va yaqinda egallab olingan Blahodatnoye qişloği hududida;
  • Ukrain harbiylari Ingulets daryosi orqali Andrivka va Lozove hududida barpo etgan ötiş yöli orqali (Davidiv Brid qişloğidan janubda);
  • Rossiya qöşinlari tomonidan uşlab turilgan Visokopilya va Olgino hududidagi tepaliklarda;
  • Krivoy Rog tomondan Dnepr daryosi sohili böylab.