Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan 2020 yil 28 yanvardagi PQ-4574-son qarorga muvofiq “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-işlab çiqariş farmatsevtika klasteri taşkil etildi. Mazkur klaster hududida esa zamonaviy va xalqaro darajadagi kadrlar tayyorlaş maqsadida Farmatsevtika texnik universiteti faoliyati yölga qöyildi.

Universitetning asosiy ustunligi – xalqaro universitetlarning ta’lim dasturlari asosida ta’lim berilişidir.
Ta’lim yönalişlari:
* Farmatsiya – De Montfort universiteti (Buyuk Britaniya)
* Biotibbiyot – Sunderland universiteti (Buyuk Britaniya)
* Biokimyo – Sunderland universiteti (Buyuk Britaniya)
* Biznes boşqaruvi – De Montfort universiteti (Buyuk Britaniya)
* Biznes data analitika – De Montfort universiteti (Buyuk Britaniya)
* Sanoat farmatsiyasi va kosmetika – Yonsei universiteti (Koreya)
Ta’lim jarayonlari töliq ingliz tilida olib boriladi. Bu esa bitiruvçilarga xalqaro mehnat bozorida ham raqobatbardoş böliş imkonini beradi.
Universitetda dual ta’lim joriy etilgan: talabalar öqiş bilan bir vaqtda “Tashkent Pharma Park” hududidagi xalqaro işlab çiqariş korxonalarida amaliyot ötaydi. Natijada nazariya darhol amaliyot bilan mustahkamlanadi.

Talabalar yozgi maktablar (summer school), xorijda amaliyot ötaş va xalqaro almaşinuv dasturlarida iştirok etadi. Bu amaliyotlar xalqaro tajriba olişlari va jahon ilmiy hamjamiyatiga oson qöşilişlari uçun zamin yaratadi.
Universitet hayot fanlari yönalişida Britaniya diplomini berişi bilan MDXda yagona bölib turibdi.
E’tiborlisi, endilikda farmatsiya yönalişida magistr darajasini oliş uçun 7 yil emas, 5 yil kifoya qiladi. De Montfort University MSci Pharmacy dasturi 5 yilda Britaniya magistri darajasini beradi.
Universitetning yangi öquv binosi Koreyaning Hanshin, Samsung va Hyundai kompaniyalari konsorsiumi tomonidan barpo etilmoqda.















