Prezidenti administratsiyasi rahbari örinbosari Komil Allamjonov maktab darsliklari sifati nazorati böyiça Prezident administratsiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi va yana bir qator taşkilotlarning mas’ul vakillaridan iborat katta işçi guruh tuzilişi haqida ma’lum qilgandi. Buning qanday işlaşini xalq ta’limi vaziri birinçi örinbosari Usmon Şarifxöjayevning izohladi.
Uning aytişiça, vazirlik va administratsiya birgalikda iş olib boradi. Bu – xalq ta’limining işini kimdir qilyapti, degani emas.
“Çunki bu jarayon birgalikda qilinmoqda. Xalq ta’limi tizimida ham siz aytgan darsliklarni xalq ta’limining özi yozmaydi. U olimlar şu sohaga yaqin bölgan mutaxassislar jalb qilinib yoziladi. Fanlar akademiyasi olimlari ham bor, oliy ta’lim vakillari ham bor, bevosita maktabda işlaydigan ustozlarimiz ham bor.
Bu prezident administratsiyasiga alohida ustuvor yönaliş sifatida belgilangani bizni quvontiradi. Çunki bu bilan bizning işimiz va natijadorligimiz köproq va tezroq bölişini, imkoniyatlar yanada kengayişini körib turibmiz”, – dedi Şarifxöjayev.
Şuningdek, Şarifxöjayev fikriga Xalq ta’limi vaziri örinbosari Temur Komilov ham qöşimça qildi. Unga köra, xalq ta’limini rivojlantiriş böyiça tasdiqlangan milliy kengaş rahbari Özbekiston prezidentidir.
“Hududiy milliy kengaşlarning rahbarlari viloyat va tuman rahbarlari hisoblanadi. Özlari aytganlariday birinçi raqamli ustuvor yönaliş ta’lim bölganligi uçun ham Xalq ta’limini rivojlantiriş milliy kengaşining rahbari hududiy milliy kengaş rahbarlariga, bizga kömak sifatida mana şu topşiriqni berdilar”, – dedi u XTV matbuot anjumanida.

















