Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qadimiy yozma manbalar reyestriga qanday hujjatlar va nashrlar kiritilishi belgilandi
O‘zbekistonda qadimiy yozma manbalar reyestrini yuritish tartibi belgilandi.
Hukumat qarori bilan qadimiy yozma manbalar davlat reyestri to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Davlat reyestri qadimiy yozma manbalarni hisobga olish va ular saqlanishini nazoratga oluvchi hujjat hisoblanadi.
Davlat reyestri elektron va bosma ko‘rinishda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan yuritiladi.
Davlat reyestriga kiritilgan manbalarga oid ma’lumotlar jamoatchilik uchun ochiq bo‘lib, unga 1950 yilgacha yaratilgan yozma yodgorliklar, tarixiy hujjatlar va chop etilgan toshbosma nashrlar kiritiladi.
Muzeylar, kutubxonalar va barcha davlat tashkilotlari o‘zlaridagi yozma manbalarga oid ma’lumotlarni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga majburiy tartibda, boshqa shaxslar esa ixtiyoriy asosda taqdim qiladi.
Yozma manba ro‘yxatdan o‘tkazilganda guvohnoma beriladi. Yozma manbalar o‘g‘irlanganda, yo‘qotilganda 1 ish kunida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga xabar berilishi kerak.
Mavzuga oid
10:00 / 13.06.2026
Sud ekspertlarining davlat reyestri yuritiladi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
08:36 / 18.02.2026
O‘zbekistonda tan olinadigan akkreditatsiya tashkilotlari reyestri yuritiladi
11:54 / 16.02.2026