7 sentabr kuni Apple kompaniyasi iPhone 14 liniyasidagi yangi qurilmalari taqdimotini ötkazdi. Taqdimot qançalik kutilganini uni jonli efirda 3 millionga yaqin foydalanuvçi tomoşa qilib ötirganidanoq seziş mumkin.

Bu safar kompaniya iPhone’larning mini modelidan voz keçdi hamda iPhone 14, iPhone 14 Plus, iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max modellarini taqdim qildi.

Foto: Apple

Dastlab iPhone 14 va 14 Plus haqida

Bu qurilmalarning ikkalasi ham A15 Bionic protsessori bilan jihozlangan. Bu protsessor iPhone 13’dagi A15 protsessoridan 25 foizga kuçliroq. Videotasvirga oliş stabilizatsiyasi uçun Action Mode funksiyasi qöşilgan. Orqa – asosiy kameralar kam yoruğlik şaroitida ham 49 foizga ranglarni yorqinroq körsatadi, old – selfi kamera esa 38 foizga yorqinroq. Şuningdek, selfi kamerada ilk bor avtofokus funksiyasi paydo bölgan.

Foto: Apple

Bu qurilmalar AQŞ uçun jismoniy sim-kartasiz çiqadi, ya’ni e-sim karta yordamida işlaydi. Şuningdek, AQŞ va Kanadada noyabr oyidan boşlab qurilma egasi favqulodda holatlarga tuşganda va aviahalokatlar sodir bölganda sputnik orqali xabar qoldiriş funksiyasi işga tuşişi kutilmoqda.

iPhone 14 bozorlarda 16 centyabrdan paydo böladi va uning AQŞdagi narxi 799 dollar. iPhone 14 Plus esa 899 dollardan boşlanadi va 7 oktyabrdan bozorlarga çiqişi aytilmoqda.

Asosiy kutilgan flagmanlar iPhone 14 Pro va Pro Max qurilmalarida özgarişlar qatorida esa — Always-on Display funksiyasi, ekranning yuqori qismidagi özgariş hamda yaxşilangan kameralarni sanaş mumkin.