Vazirlar Mahkamasining “Bojxona sohasida tartib-taomillar takomillashtirilishi munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
- bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash tartibotlarini raqamlashtirish;
- O‘zbekiston hududida vaqtincha bo‘lib turgan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini tashkil etish;
- tranzit deklaratsiyasi va tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash tartibotlari uchun pasaytirilgan bojxona yig‘imlari stavkalarini belgilash;
- qiymati BHM 30 baravarigacha bo‘lgan xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalarini soddalashtirilgan tartibda deklaratsiyalash;
- Endilikda meva-sabzavot mahsulotlarini bojxona nazorati va rasmiylashtirish, shu jumladan avtomatlashtirilgan xavf-xatarni boshqarish yordamida amalga oshiriladi.
bojxona ombori faoliyatini, erkin ombor faoliyatini, boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash jarayoni onlayn tartibda «Lisenziya» avtomatlashtirilgan tizim orqali amalga oshiriladi. Lisenziya berish rad etilganda arizani qayta ko‘rib chiqish muddati 10 kundan 5 kunga qisqarmoqda.
Lisenziyalarni davlat xizmatlari markazlari tomonidan muhr bosilgan holda qog‘oz shaklda berish bekor qilinmoqda. Lisenziat, uning nomi, manzili o‘zgarganda qayta rasmiylashtirish uchun murojaat etishi lozim bo‘lgan muddat bir oydan 5 ish kuniga qisqarmoqda.
Lisenziya talablariga rioya etilishi “xavf-tahlil” tizimi hamda jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilik talablari buzilgani to‘g‘risidagi murojaatlari asosida amalga oshiriladi.
Bojxona ombori, erkin omborda bojxona nazorati ostidagi va boj olinmaydigan savdo do‘konidagi mahsulotlar bo‘yicha bojxona nazorati shakllarini qo‘llashda prezident huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishish talab etilmaydi.
Lisenziyalovchi organ litsenziya amal qilishini tugatish huquqidan mahrum etilmoqda. Ushbu vakolat faqat sudda saqlab qolinadi. Lisenziyani qayta rasmiylashtirishda dastlabki litsenziyani olish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish uchun undirilgan yig‘im 50 foizi undiriladi; bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash pasportlari tasdiqlanmoqda.






