Hukumat 698-son qarori bilan elektr energiyasi, tabiiy gazni, içimlik va issiq suvni hisobga oliş uskunalarini (hisoblagiçlarni) yeçiş, qiyoslaşdan ötkaziş va örnatiş böyiça reglamentlar tasdiqlangan.

Reglamentlarga muvofiq, jismoniy şaxslar va yuridik şaxs taşkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiruvçi şaxslar hisobga oliş uskunalarini ta’mirlaş yoki yangisiga almaştiriş xarajatlari tegişliça hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz ta’minoti taşkilotlari, suv ta’minoti yoki hududiy issiqlik ta’minoti korxonalari mablağlari hisobidan qoplanadi.

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 215-5-moddasiga köra, davlat xizmatlari körsatiş sohasidagi qonunçilikni buziş uçun ma’muriy javobgarlik belgilangan.

Şunga köra bu sohada ta’minotçi korxonalar xodimlari tomonidan yuqoridagi reglamentlar talablariga rioya etilmaslik, hisoblagiç uçun ortiqça mablağ undiriş kabi holatlari aniqlanganda Adliya vazirligi 1008 va 1148 işonç telefoni raqamlariga yoki [email protected] elektron poçtaga murojaat qiliş mumkin.