— Yangi öquv yilining ilk kunlarida doimgidek yana xaos yuzaga keldi. Talabalar har tarafda sarson-sargardon böldi. Heç bölmaganda boşlanğiç kurs talabalarini öqiş boşlanmasdan oldinroq yotoqxonaga joylaştirib, keyin çaqirişning iloji yöqmi? Yoki öqişni bir neça kun keçiktiriş mumkindir balki? Agar talaba öqişga kelsa-yu, yelkasida yuki bölsa, uning xayoliga öqiş siğmaydi.
— 5 sentabr kuni talabalarning ma’lum bir qismi öquv jarayonlari tugagunga qadar yotoqxonaga joylaşa olmagan holatlar kuzatildi. Lekin talabalar turar joylarga joylaştiriş 29 avgustdan boşlangan. Oldinroq kelganlarda muammo bölmagan. Öquv boşlangandan keyin kelganlar biroz qiynaldi.
Vazirlikning barça xodimlarini çiqardik. Özim ham çiqdim öşa kuni. Talabalar turar joylarga joylaştirildi. Tegişli mezonlar asosida joylaştiriş biroz vaqt talab qiladi. Umuman olganda, beş yulduzli mehmonxonaga borsangiz ham, toki sizning hujjatingizni rasmiylaştirgunga qadar yuklaringiz biroz muddat özingiz bilan turadi. Hatto diplomatik pasport bilan biror yerga borsak ham, 10-15 daqiqa yukimiz bilan kutişga töğri keladi.
Yotoqxonaga joylaştirişda ham biroz kutiş holati uçraydi. Lekin heç kim köçada qolmaydi. Rektorlar ham, tyutorlar ham bu böyiça topşiriq olgan.
— Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2022 yil oxiriga qadar Toşkent şahrida 11 ta ta’lim muassasasi uçun yotoqxonalar qurilişi kerak edi. Ammo şu kungaça bitta, faqat ÖzDJTU uçun yotoqxona qurilgan. Qolgan uç oy içida 10 ta yotoqxona qurib bitkaziladimi? Bunga qanday ulguriş mumkin? Agar bu keyingi yilga qoladigan bölsa, Vazirlar Mahkamasining qarorida 2023, 2024, 2025 yil uçun ham alohida rejalar bor. Rejalar ortga surilib ketmaydimi?
— Quriliş masalasini 100 foizga oqlamoqçi emasman. Taşvişlaringizga asos bor. Faqat ÖzMU misolida oladigan bölsak, talaba 5 ta ta’lim muassasasini belgilayapti. Ayrim talabalar hozir ham töxtamga kelgani yöq. Biz ularga yana bir imkon berdik. Yaqinda super-kontrakt böyiça qöşimça çoralar körildi. 5 sentabr kuni biroz kutib qolişi ham mana şu omillar bilan boğliq.
Aslida qaçon u talaba hisoblanadi? Ikki tomonlama şartnomani imzolab, oz bölsa-da pul tölov qilsa, şundan söng talaba hisoblanadi. Şundan söng u darsga kelişi kerak. 15 sentabrgaça muddati bor. Biz buni e’lon qilganmiz. Lekin baribir ular ham joylaştirildi.











