Özbekiston Taşqi işlar vazirligida Gretsiya milliy-madaniy markazi raisi Konstantinos Politis bilan Özbekiston-Gretsiya munosabatlari va istiqbollariga bağişlangan uçraşuv ötkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Uçraşuv doirasida Konstantinos Politisga Özbekiston prezidenti minnatdorlik maktubi tantanali ravişda topşirildi. Öz örnida, Konstantinos Politis davlat rahbari tomonidan körsatilgan e’tibordan mamnunligini bildirdi.
Uçraşuvda ikki tomonlama munosabatlar madaniy va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça fikr almaşildi. Konstantinos Politis Gretsiya milliy-madaniy markazi faoliyati töğrisida töxtalib, reja va tadbirlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Suhbat yakunida joriy yil Özbekiston – Gretsiya diplomatik munosabatlariga 30 yil tölişi munosabati bilan 6 noyabr kuni madaniy-ma’rifiy tadbir ötkaziş böyiça kelişuvga erişildi.












