RF mudofaa vazirligi jurnalistlar uchun har kungi brifingda 11 sentabr holatiga ko‘ra Ukrainaning Xarkiv oblastining qaysi qismi Rossiya qo‘shinlari tomonidan namoyish etilayotganini ko‘rsatdi.

Taqdim etilgan xaritada aks etishicha, endi Xarkiv oblasti sharqida Oskol daryosining chap sohilidagi kichik hududgina Rossiya nazoratida qolmoqda. Bunga «Agenstvo» nashri e’tibor qaratgan. 

RF mudofaa vazirligi 11 sentabr kuni namoyish etgan xaritada yangi mudofaa liniyasi ko‘rsatilgan.

Bir kun oldingi brifingda ko‘rsatilgan xarita bilan taqqoslaganda rossiyalik harbiylar Xarkiv oblasti shimolidagi hududlar, xususan, Rossiya bilan chegaradagi urushning ilk kunlarida egallab olingan Volchansk shahrini ham tashlab ketganini bilish mumkin. Volchanskda allaqachon ukrain bayroqlari hilpiray boshlagan.

11 sentabr kungi brifingda ko‘rsatilgan xaritada Xarkiv shimoli va sharqidagi katta hududlar RF armiyasi nazoratida ekani ko‘rsatilgandi

11 sentabr kuni ukrain harbiylari Rossiya bilan chegaradagi Kozacha Popan va Varvarivka shaharlarini ham egalladi, shuningdek, RF armiyasining Xarkiv oblastidagi so‘nggi logistik tuguni bo‘lgan Velikiy Burlukni ozod etdi.

UNIAN nashri xabar berishicha, Ukraina qurolli kuchlari Xarkiv oblasti shimolida, Ukraina-Rossiya chegarasidagi Goptovka nazorat-o‘tkazish punktini egallagan. Ukraina hududiy mudofaa kuchlarining 130-bataloni jangchilari chegara punktida olingan videoni namoyish etgan.

«11 sentabr kuni Goptovka Ukraina qurolli kuchlari nazoratiga o‘tdi», — degan videoda ukrain harbiylaridan biri.

Sentyabr oyi boshida ukrain armiyasi Xarkiv oblastida qarshi hujumga o‘tdi, shundan keyin Rossiya qo‘shinlari chekina boshladi. RF mudofaa vazirligi bu chekinishni izohlay turib, «qo‘shinlarni ko‘chirish va qayta yo‘naltirish bo‘yicha amaliyot o‘tkazilayotgani»ni ma’lum qildi. 11 sentabr kuni Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov ukrain harbiylari hududda 40 dan ortiq aholi punktlarini ozod etganini ma’lum qildi.