Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan Ozarboyjon bilan sodir bölgan töqnaşuvlarda 105 nafar armanistonlik harbiy halok bölganini ma’lum qildi.

U şuningdek, Armaniston mamlakat hududiy yaxlitligini tiklaş uçun 4-modda böyiça Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga (KXŞT) murojaat qilganini aytdi. Şartnomaning uşbu moddasida taşkilot a’zosiga harbiy yordam körsatiş közda tutilgan.

«Rossiya va KXŞT bizning ittifoqçimiz. KXŞT töğrisidagi şartnomaning 4-moddasida "Biror iştirokçi davlat boşqa davlat yoki davlatlar guruhi tomonidan tajovuzga duç kelsa, bu Şartnomaning barça iştirokçi davlatlariga qarşi tajovuz deb hisoblanadi" deb yozilgan. Biz KXŞTga murojaat qildik»,— dedi Paşinyan.

Uning aniqlik kiritişiça, KXŞTning harbiy aralaşuvi nizoni hal qiliş uçun yagona imkoniyat sifatida körilmaydi. Muammo siyosiy yoki diplomatik yöl bilan hal qilinişi mumkin.

Avvalroq KXŞT Kollektiv xavfsizlik kengaşining navbatdan taşqari yiğilişida Armaniston-Ozarboyjon çegarasida vaziyat keskinlaşgani sababli öz missiyasini Armanistonga yuborişga qaror qilgani haqida xabar berilgandi.

Taşkilot xabarida aytilişiça, KXŞT boş kotibi Stanislav Zas boşçiligidagi missiya «mavjud vaziyatni baholaş, mintaqadagi vaziyat böyiça davlat rahbarlariga batafsil hisobot tayyorlaş va yuzaga kelgan keskinlikni yumşatiş böyiça takliflar işlab çiqiş» uçun Armanistonga yuboriladi.

KXŞTga Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya va Tojikiston kiradi.