Surxondaryo viloyati hokimligi va Özbekistonning Mozori-Şarifdagi konsulligi vakillari tomonidan 24 tonnadan iborat insonparvarlik yuklari Afğonistonning Balx viloyati, Hayraton şahrida oğir ijtimoiy şaroitda yaşayotgan oilalarga yetkazib berildi.
120 ta oilaga möljallangan 8 turdagi zarur oziq-ovqat mahsulotlari (50 kilogrammdan un, 25 kilogrammdan guruç, 10 kilogrammdan şakar, 10 litrdan yoğ, 10 bankadan tuşonka, 10 bankadan murabbo, 2 qutidan makaron, 2 qutidan lapşa) Hayraton şahri ma’muriyati rahbari Xaliulloh Foruqiy, Afğoniston Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda taşqi işlar vazirligi vakillari iştirokida fuqarolarga topşirildi.
Avvalroq prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga binoan 58 tonnalik zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yuklari Afğonistonning Balx viloyati şimolidagi Kaldor tumanida oğir ijtimoiy şaroitda yaşayotgan 420 ta oilaga yetkazib berilgandi.






















