Butunjahon taşkilotiga köra, 2023 yil butun dunyo böylab gumanitar xodimlar uçun eng halokatli yil böldi. Biroq, 2024 yil bu borada yanada yomonroq bölişi mumkin. 19 avgust, duşanba kuni Jyenevada BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş boşqarmasi xabar berişiça, ötgan yili 33 davlatda 280 nafar gumanitar xodim öldirilgan.
Ularning yarmidan köpi Ğazo sektorida hayotdan köz yumgan, jumladan, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Falastinlik qoçqinlarga yordam körsatiş Yaqin Şarq agentligi köp sonli xodimlari halok bölgan. 2023 va 2024 yillarda öldirilgan gumanitar xodimlar soni ayniqsa yuqori bölgan boşqa mintaqalar Sudan va Janubiy Sudan böldi.
2024 yilning 7 avgustiga kelib, BMT ma’lumotlariga köra, dunyo böylab halok bölgan gumanitar xodimlar soni 172 kişiga yetdi.
«Hujumlar töxtatilişi kerak»
«Bunday statistikani yuritiş boşlanganidan beri heç qaçon bir yilda halok bölgan gumanitar xodimlar soni bunçalik köp bölmagan», - deya ta’kidlaydi BMT. «Qurolli mojarolarning borişini tartibga soluvçi va ular oqibatlarini çeklaşi kerak bölgan umume’tirof etilgan xalqaro qonunlarga qaramay, bu qonunlarning buzilişi töxtamayapti, nazoratsiz qolmoqda va tinç aholi, jumladan, gumanitar yordam xodimlari buning uçun dahşatli badal tölaşda davom etmoqda, - deya ta’kidlaydi taşkilot. - Gumanitar xodimlar va gumanitar obektlarga hujumlar töxtatilişi kerak».
Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok gumanitar taşkilotlar vakillariga nisbatan zöravonlikni keskin qoraladi. Dunyo böylab 363 millionga yaqin ayollar, erkaklar va bolalar insonparvarlik yordamiga boğliq, bu dunyodagi har 22 kişidan biri degani, deya esladi u. «Ularning köpçiligi uçun gumanitar taşkilotlar xodimlari köpinça oxirgi umid böladi, - dedi vazir 19 avgust kuni e’lon qilgan bayonotida. - Ular katta xavf ostida qolgan holda boşqalarning hayotini saqlab qoliş uçun eng uzoq va xavfli joylarga boradilar».

















