Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan O‘zbekistonga ketayotgan yuk mashinasidan ikki mingta jinoiy ish topildi
Boshqirdiston politsiyasi xodimlari jinoiy ishlarni yetti ming rublga makulaturaga topshirib yuborgan. Bu haqda Baza Telegram-kanali xabar bermoqda.
Orenburg oblastidagi «Sagarchin» chegara postida yuk mashinasi tirkamasidan jinoiy ishlar topildi. Bu ishlar Ufa shahridagi 3-sonli politsiya bo‘limiga tegishli bo‘lib, avvaliga ular qanday qilib yuk mashinasiga tushib qolgani noma’lum edi.
Tergovchilar surishtiruv ishlarini boshlab, qog‘ozlarni qayta ishlash uchun O‘zbekistonga makulatura yig‘uvchi «Ekologiya RB» kompaniyasi jo‘natganini aniqladi.
Tirkamada 1956 ta jinoiy ish bo‘lgan: ularning uchdan bir qismi yo‘q qilingan deb hisoblangan, qolganlari arxivga olingan. Ularning barchasi da’vo muddati o‘tganligi sababli tugatilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ikki nafar politsiya xodimi ishlarni makulaturaga topshirib yuborgan: katta leytenant va mayor. Buning uchun ular yetti ming rubldan biroz ko‘proq pul olgan. Pullar sarflab yuborilgan.
«Endi ikki nafar politsiya xodimi, shuningdek, ishni ularga topshirgan boshlig‘ida katta muammolar yuzaga keldi – axir qonunga ko‘ra, jinoyat ishlari maxsus komissiya nazorati ostida yo‘q qilinishi kerak», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026