«Meduza» siyosatchilar, siyosatshunoslar va jurnalistlarning yangi tuzatishlar yuzasidan fikrlarini to‘pladi.  

Olga Kovitidi

Federatsiya kengashi senatori, tuzatishlar hammuallifi

Bugun safarbarlik to‘g‘risidagi qonun qabul qilingani to‘g‘risida bayonotlar juda ko‘p. Yo‘q. Mazkur qonunga keladigan bo‘lsak – mamlakatda safarbarlik e’lon qilinmadi. 

Ivan Pavlov

Advokat, «Perviy otdel» huquqni himoya qilish loyihasi asoschisi

Duma Jinoyat kodeksiga tuzatishlarni kosmik tezlikda ko‘rib chiqdi va qabul qildi. Ehtimol, yaqin vaqt ichida Putinning ta’biri bilan aytganda, hali haqiqiysi boshlanmagan narsa boshlangani haqida e’lon qilinadi.

Minuslari – aniq. Plyusi bitta — tez orada urushni ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishdan qo‘rqmasdan urush deb atash mumkin bo‘ladi. 

Viktor Sobolyov

Duma deputati, mudofaa bo‘yicha qo‘mita a’zosi (yangi tuzatishlar qabul qilinishi uchun ovoz bergan)

Bu masalalar allaqachon pishib yetilgandi. Harbiylarimiz harbiy harakatlarga muvofiq qonunlar sharoitida jang olib borishi uchun ular havodek muhim.

Bu hozircha harbiy davr emas. Bizda tinchlik davri, lekin «maxsus harbiy operatsiya» o‘tkazilmoqda. Rossiyaga qarshi gibrid urush olib borilmoqda: diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, sport, madaniyat darajasida. Ular – kollektiv G‘arb bizga qarshi gibrid urush e’lon qildi. Biz mana shu urushdamiz. O‘zgaruvchan muvaffaqiyat bilan. Ammo hozir tinchlik davri.

Andrey Yermak

Ukraina prezidenti ofisi rahbari

Faqat bolalar va tinch aholiga qarshi urush qila oladiganlardan tahdidlar va «referendumlar», «safarbarlik» bilan qo‘rqituvchi ochiqcha shantaj.

Mag‘lub bo‘lish xavotiri shunday bo‘ladi. Dushman qo‘rqyapti, manipulyatsiya qilmoqda.

Ukraina Rossiya masalasini hal qiladi. Tahdidni faqat kuch bilan bartaraf qilish mumkin.