Qurolli bosqinchi Gruziyaning Kutaisi shahridagi banklardan birida 12 kishini garovga oldi va ularni bir necha soatdan beri ushlab turibdi. Bu haqda Yevronyus xabar berdi.

Gruziya OAVning yozishicha, jinoyatchining shaxsi aniqlanmagan. U 2 million dollar, vertolyot va Rossiya bayrog‘ini berishlarini talab qilgan.

Xabarda aytilishicha, u o‘z talablari yozilgan videoni garovga olinganlardan birining Facebook sahifasida joylashtirgan. 

Gruziya politsiyasi garovdagilarni ozod qilish choralarini ko‘rmoqda.