Professional ta’lim muassasasi direktorligiga tayinlash ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi
“Professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
2022 yil 1 oktyabrdan boshlab barcha professional ta’lim muassasalari direktor va direktor o‘rinbosarlari lavozimiga nomzodlarni saralash va tayinlash Oliy ta’lim vazirligi platformasidan foydalanilgan holda ochiq tanlovlar asosida amalga oshiriladi.
Boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi professional ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish oliy ta’lim vaziri professional ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Professional ta’lim sohasida malakani baholash markazi tomonidan ishlab chiqarish ta’limi ustalariga berilgan malaka sertifikatlari tegishliligi bo‘yicha birinchi va ikkinchi malaka toifasiga tenglashtiriladi.
2023 yil 1 yanvardan Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish institutida ta’lim menejmenti yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida magistratura mutaxassisliklari tashkil etiladi.
Har yili institut doktoranturasiga professional ta’lim nazariyasi va metodikasi, ta’lim menejmenti ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy izlanuvchilarni qabul qilish uchun kamida 20 ta o‘rin ajratiladi.
Professional ta’lim muassasalari tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha “Eng yaxshi o‘qituvchi” va “Eng yaxshi ishlab chiqarish ta’limi ustasi” ko‘rik tanlovlari respublika bosqichi g‘oliblari Professional ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantiriladi hamda ular malaka toifasini navbatdan tashqari bir pog‘ona oshirishga ruxsat beriladi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Starmer Buyuk Britaniya «urushga tayyorgarlik» rejimiga o‘tayotganini e’lon qildi
Jahon | 18:41
-
Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralari yopiq eshiklar ortida o‘tdi
Jahon | 18:35
-
Indoneziya ishga qabul qilishda yosh cheklovlarini olib tashladi
Jahon | 18:32
Mavzuga oid

11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi

17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi

15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi

18:16 / 15.05.2025