– Gumonlanuvchi, ayblanuvchi yoxud sudlanuvchi tariqasida ushlangan, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxslar qiynoqqa solinishi bilan bog‘liq holatlar haligacha davom etayotgani o‘zbek jamoatchiligini xavotirga solib kelayotgan masalalardan biridir. So‘nggi ikki-uch yilda ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlab kelinib, IIB binosidan o‘ligi chiqqan yurtdoshlarimizning taqdiri kishini tashvishga solmay qo‘ymaydi. Sizningcha, bu xavotirlarda asos bormi? Taklif etilayotgan choralar muammoga yechim bo‘la oladimi?

– O‘zbekistonda shaxs erkinligi va daxlsizligi ustuvorligi “Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlat siyosati darajasida e’tirof etilayotgan bo‘lsa-da, inson sha’ni va qadr-qimmatini poymol qilishning eng og‘ir ko‘rinishlaridan biri – qiynoqqa solish faktlarining hali-hanuz jamiyatimizda mavjudligi mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmas holdir.

Qiynoqqa solish faktlari asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida kuzatiladi va aytish kerakki, bu holatlarga yo‘l qo‘yishni mazkur organlar xodimlarining o‘z vazifasiga, burchiga xiyonat deb baholash mumkin. Zero ularning asosiy funksiyasi – fuqarolarni himoya qilish, ularning huquqlarini muhofaza qilish bo‘laturib, ular qiynoqqa solish kabi taqiqlangan usullardan foydalanib, nafaqat davlat organlari obro‘yiga putur yetkazadilar, balki fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchi butkul yo‘qolishiga sabab bo‘ladilar.

Mazkur jinoyat oddiy odamlar tomonidan emas, aynan davlat tomonidan vakolat berilgan mansabdor shaxslar tomonidan, odatda tergov organlari xodimlari tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha ushlangan shaxslar, gumonlanuvchilar, ayblanuvchilarga nisbatan yoki ayrim hollarda hatto ularning qarindoshlariga nisbatan ham sodir etiladi.

Surayyo Rahmonova. Foto: Kun.uz

Qiynoqqa solishko‘chadagi oddiy urish yoki do‘pposlash emas, bu mutasaddi shaxslar tomonidan aniq maqsadda, ya’ni shaxsni biron aybni bo‘yniga olishi uchun majburlash maqsadida yoki boshqa bir shaxsga qarshi ko‘rsatma berishga undash maqsadida unga jismoniy, ruhiy yoki boshqa tarzdagi bosim o‘tkazish hisoblanadi.

Oxirgi yillarda O‘zbekistonda qiynoqqa solish jinoyati holatlarining o‘sishi dinamikasi katta bo‘lmasa-da, lekin qiynoqlarning hatto sanoqli faktlariga ham yo‘l qo‘yilishi mumkin emas va ular jamoatchilikning jiddiy xavotiriga asos bo‘ladi. Jumladan,