«Suhbat örinlari faqat Özbekiston fuqarolari va rezidentlari uçun bölib, noyabr oyidan yanvar (2023) oyigaça bölgan kunlar uçun oçiladi. Suhbat örinlarini egallaş faqat onlayn tizim orqali amalga oşiriladi», – deyiladi elçixona bayonotida.
Şuningdek, elçixona, agar suhbat belgilaş uçun vositaçilar yordamidan foydalanilsa va viza arizadagi ma’lumotlar notöğri yoki soxta bölsa (masalan, telefon raqami yoki elektron poçta manzili), suhbatni bekor qiliş huquqini özida saqlab qolişini bildirgan. Barça arizalarda aloqa uçun ma’lumot töğri körsatilişi lozim.
Bundan taşqari, Özbekiston rezidentlari suhbat belgilaş uçun dastlab onlayn anketa – DS-160 formani töldirişi va ştrix-kod raqamiga ega bölişi kerak.
«Suhbat belgilaşga tayyor bölgaç, öz şaxsiy ma’lumotlaringizni aynan viza arizasi (DS-160 forma)da körsatilganidek kiritişingiz lozim. Quyidagi tasvirda suhbat belgilaş uçun qanday ma’lumotlar talab etilişi körsatilgan», – deyiladi elçixona axborotida.


















