Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil bosh vaziri mamlakatga Rossiyadan parvozlar sonini ko‘paytirishga chaqirdi
Xabar qilinishicha, Isroilda Rossiyadan keladigan yahudiylarning yangi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rish boshlandi.
Isroil bosh vaziri Yair Lapid Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilinganidan so‘ng bu yerda yashayotgan yahudiylar taqdiridan xavotirlanmoqda. U El Al aviakompaniyasidan ikki mamlakat o‘rtasidagi parvozlarni davom ettirishni so‘radi, deb xabar berdi The Times of Israel gazetasi.
«Kan-11» telekanalining xabariga ko‘ra, mamlakatda Rossiyadan keladigan yahudiylarning yangi to‘lqiniga tayyorgarlik ko‘rish boshlandi.
Shu sababli Lapid El Al bosh direktori Din Ben Tal Ganansiyadan Rossiyadan reyslar sonini ko‘paytirishni so‘radi, deb yozadi NEWSru.co.il.
«Bosh vazir Yair Lapid bizga Rossiyadan yangi immigrantlarni qabul qilish topshirig‘ini berdi. Biz vazirliklar, xodimlarimiz va albatta, El Al aviakompaniyasi bilan to‘liq hamkorlikda ish olib bormoqdamiz», — dedi Isroil tashqi ishlar vazirligi bosh direktoi Alon Ushpiz.
21 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda qisman harbiy safarbarlik e’lon qildi.
Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aniqlik kiritishicha, zaxirada bo‘lgan 300 ming nafar rossiyalik harbiy xizmatga chaqiriladi.
Safarbarlik e’lon qilinganidan so‘ng Rossiyadan yaqin xorij mamlakatlariga amalga oshiriladigan reyslarga aviachiptalar narxi keskin ko‘tarilgani va chiptalar qolmagani aytilmoqda.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
18:05 / 12.06.2026
AQSh va Eron muzokaralari qanday ketyapti?
17:21 / 12.06.2026