Uzcard Özbekistonda Rossiyaning «Mir» tölov tizimi kartalarini qabul qilişda davom etadi. Bu haqda Yagona Respublika protsessing markazi ma’muriyatiga tayanib TASS xabar bermoqda.
«Hozirda Özbekiston banklarida «Mir» kartalariga heç qanday çeklovlarsiz xizmat körsatilmoqda», — deyiladi xabarda.
Avvalroq, Qozoğiston, Armaniston, Turkiya va Vetnamdagi bir qança banklar AQŞ Moliya vazirligining ikkilamçi sanksiyalar xavfi haqidagi ogohlantirişi fonida «Mir» tölov tizimi kartalariga xizmat körsatişni töxtatgandi.
Ma’lumot uçun, 2019 yilda NSPK va Yagona Respublika protsessing markazi örtasida imzolangan şartnoma doirasida 2020 yildan boşlab Özbekistondagi tijorat banklarida «Mir» kartalarini qabul qiliş boşlangan. Şuningdek, «Mir» kartalaridan Uzcard kartalariga transçegaraviy pul ötkazmalari xizmati ham işga tuşirilgan.













