Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Yevroittifoq va Koreyadan 40 tagacha poyezd va 100 ta vagon xarid qilishi mumkin
«O‘zbekiston temir yo‘llari» rasmiy delegatsiyasi Berlin shahrida o‘tayotgan InnoTrans 2022 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Germaniyaga yetib bordi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» boshqaruv raisi v.b. X.Hosilov boshchiligidagi delegatsiya Berlin shahrida o‘z ishini boshlagan InnoTrans 2022 transport texnologiyalari xalqaro savdo yarmarkasiga tashrif buyurdi.
Tadbirda qatnashayotgan delegatsiya a’zolari Fransiyaning Alstom, Germaniyaning Siemens, Ispaniyaning SAF, Shveytsariyaning Stadler, Chexiyaning Skoda, Janubiy Koreyaning Hyundai kabi kompaniyalari bilan yangi elektropoyezdlar hamda zamonaviy yo‘lovchi vagonlarni xarid qilish bo‘yicha qizg‘in muzokaralar olib bormoqda.
Uchrashuvlar natijasiga ko‘ra, respublika barcha viloyatlari orqali to‘laqonli temiryo‘l qatnovlarini ta’minlash uchun 34 ta elektropoyezd, 6 ta dizel poyezdi hamda kamida 100 ta yangi zamonaviy turdagi yo‘lovchi vagonlarni xarid qilish mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
14:15 / 01.04.2026
O‘zbekistonda poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi
18:27 / 31.03.2026
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
09:06 / 30.03.2026