Bulgakovning örnini general-polkovnik Mixail Mizinsyov egallagan. Tayinlovgaça Mizinsev Rossiya mudofaasini boşqariş milliy markazi rahbari lavozimida işlagan va Donbassdagi harbiy harakatlar borasida doimiy brifinglarda iştirok etib kelayotgandi.

Vladimir Putin uruş boşlanganidan buyon ilk marta Rossiya mudofaa tizimidagi yuqori lavozimda özgariş qildi. Bungaça avgust örtasida Qora dengiz floti qömondoni Igor Osipovning işdan olinişi uruş davridagi Rossiyada amalga oşirilgan eng şov-şuvli iste’fo sifatida qaralayotgandi.

Şoyguning işdan olingan endilikda sobiq örinbosari Dmitriy Bulgakov kam sonli Rossiya armiyasi generali unvoniga ega harbiy mulozimlardan biri. Uning asosiy vazifasi mamlakat armiyasining moddiy-texnik ta’minotini nazorat qiliş va taşkil etiş bölgan. Vazirlik axborotiga köra, Bulgakov boşqa işga ötişi munosabati bilan mudofaa vaziri örinbosari lavozimidan olingan.