“Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi töğrisidagi nizomga köra, agentlik fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyada havo kemalari parvozlari xavfsizligini, noqonuniy aralaşiş harakatlaridan himoya qilişni ta’minlaş böyiça Özbekiston aviatsiya ma’muriyati funksiyasini amalga oşiruvçi davlat organi hisoblanadi. Agentlik öz faoliyatida Transport vazirligiga böysunadi va hisobot beradi.

Quyidagilar agentlik asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • havo hududidan foydalanuvçilarning Özbekiston havo hududidan xavfsiz foydalanişlari, parvozlar insonlar soğliği va hayotiga, atrof-muhitga hamda davlat manfaatlariga xavf solmagan holda amalga oşirilişini ta’minlaş, öz vakolatlari doirasida havoda harakatlanişga xizmat körsatiş taşkil etilişini va Özbekiston havo hududidan foydalanişni nazorat qiliş;
  • Özbekiston fuqaro aviatsiyasi va uning obektlarining xavfsiz faoliyat körsatişini, aviatsiyani noqonuniy aralaşiş harakatlaridan himoya qiliş çoralarini amalga oşiriş orqali havo kemalari yölovçilari hamda ekipaj a’zolari hayoti va soğliği xavfsizligini ta’minlaş;
  • parvozlar xavfsizligini ta’minlaş böyiça fuqaro aviatsiyasi faoliyati sohasidagi sertifikatlaş işlarini taşkil etiş va ta’minlaş;
  • fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasida davlat nazoratini olib boriş;
  • xalqaro taşkilotlarda Özbekiston fuqaro aviatsiyasi manfaatlarini ifoda etiş.