«Bu islohotni şu şarmandalarsiz amalga oşiraylik!» - Toşkentda tezlikni pasaytiriş masalasi qanday aks-sado berdi?
|02:06 / 27.09.202236 87410 min
Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşida poytaxtning ayrim köçalarida harakatlaniş belgilangan tezlikni 70 km/soatdan 60 km/soat qilib belgilaş talabi rad etilgani ijtimoiy tarmoq va blogosferada katta rezonans keltirib çiqardi.
Toşkent IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi boşliği örinbosari Şerzod Nosirov xalq deputatlari poytaxt kengaşining 16 sentabrdagi sessiyasida Toşkentning ayrim köçalarida eng yuqori tezlikni 60 km/soatgaça çeklaş taklifi bilan çiqiş qilgan.
Gazeta.uz saytining sessiyadan qilgan reportajiga köra, deputatlarning bir qismi bunga qarşi çiqqan, boşqalari esa bu çora samaradorligiga şubha bildirgan.
Alalxusus, taklif qabul qilinmagan, şu sababli kengaş uşbu masalani körib çiqişni keyingi sessiyaga qoldirgan.
Bu hol ijtimoiy tarmoqlarda qattiq tanqid ostiga olingaç, Xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşi rasmiy munosabat bilan çiqiş qildi.
Kengaş munosabatida deputatlar tomonidan mazkur taklif rad etilmagani, xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga qayta kiritiş töğrisida qaror qabul qilingani ma’lum qilinadi.
Munosabatda «Hurmatli blogerlar» sözi qöştirnoq içiga olinib, masalani şov-şuv qilgan blogerlar hurmatga loyiq emasligi ham pisanda qilingan.
Xöş, deputatlar nimaga qarşi bölişdi?
Özi, bunday olib qaralsa masalani çuqur muhokama qilişga ehtiyoj yöq. Belgilangan tezlik 10 km/soatga pasaytiriladi. Toşkent şahar IIB YHXB boşliği örinbosari barça vajlarni sanab ötgan.
Foto: Şerzod Nosirov / Toşkent şahar hokimligi
«Biz tezlikni 70 km/soatdan 60 km/soatgaça kamaytiriş masalasiga ustuvor ahamiyat qaratişimiz kerak. Yöllarda ölim holatlarining oldini olamizmi yoki maşinalarni tezlikda harakatlantirişni tanlaymizmi? Takror aytaman: inson hayoti bebaho, tezlikni pasaytiriş orqali odamlar hayotini saqlab qolsak, bu katta yutuq böladi. Bu önlab, yuzlab insonlar hayotini saqlab qoladi», — degan Ş.Nosirov.
Mavzuga oid
Uning «agar biz tezlikni kamida 10 km/soatga pasaytirsak, ölimlar sonini nisbatan kamaytirişimiz mumkin», — deganiga javoban zaldan norozi ovozlar eşitilgan.
Deputat Murodxon Jörayev komissiyaning avvalgi yiğilişida tezlikni kamaytirişga qarşi çiqqanini aytadi.
Murodxon Jörayev
«Avariyalarda 70 km/soat tezlik bölmaydi. 70 km/soat — şusiz ham past tezlik. Bu avariyalar 100 km/soat, 150 km/soat tezlikda, yöl harakati qoidalari buzilgan holda sodir böladi. Hayot şiddat bilan rivojlanmoqda, biz esa tezlikni sekinlaştirmoqçimiz. Hozir maşinalarning sifati avvalgidek emas. «Jiguli», «Volga» va «Moskviç»lar zamoni ötdi. Hozirgi maşinalar zamonaviy va innovatsion [mexanizmlarga] ega», — degan u.
Deputatga köra, tezlik 60 km/soat qilib belgilanişi korrupsiyaga olib keladi. Ertaga juda past tezlik uçun ham haydovçilar jarimaga tortiladi. Jarimalarni tekşirişda korrupsiya holatlari aniqlanişi mumkin. Men bu taklifni qöllab-quvvatlamayman, degan u.
Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori örinbosari Azamat Ziyo yomğir paytida barça harakat iştirokçilari tezlikni pasaytirişi hamda tirbandlik yuzaga kelişini ta’kidladi.
Azamat Ziyo (pastki qatorda çapda).
«Demak, gap faqat tezlikni kamaytiriş haqida emas. Eski şaharni olaylik… Menimça, bu yerda piyodalarning ham hissasi katta. Tezlikni soatiga 60 km.ga kamaytiriş qançalik yordam berişini bilmayman», — degan u.
Özini taniştirmagan deputatlardan biri esa yoşi kattalar 60 km/soat tezlik çegarasini saqlab qolişi mumkinligini, ammo «yoşlar katta tezlikda haydaşi, ularni 60 km/soat tezlik bilan tuzatib bölmasligi»ni aytgan.
Blogosferada bu qanday aks-sado berdi?
Sessiyada körilgan masala va qabul qilingan mujmal qaror ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonans keltirib çiqardi. Ayrim foydalanuvçilargina deputatlar töğri qarorga kelişganini aytgan, ammo bu mavzuda xorijiy tajribalarni allaqaçon Özbekistonda ham joriy etiş kerakligi haqida aytib keladigan jurnalistlar va blogerlar deputatlarning qarorini qoralagan.
«Na jamoat transportida, na piyoda yuradigan odamlar, jumladan, şahrimiz deputatlari qaror qabul qilsa şunaqa böladi. Vaholanki, Toşkent köçalari allaqaçon ölim trassalariga aylanib böldi».
Nikita Makarenko esa qarorni deputatlar tasdiğisiz qabul qiliş kerakligini ta’kidlagan:
«Barça olimlar va xalqaro taşkilotlar tezlikni 10 km/soatga kamaytiriş ham piyodalar jarohatlanişini 30 foizga kamaytirişini isbotlagan.
Kengaşdagilar, siz zarraça açinmaysiz. Çorrahalarda bosib ketilgan bolalarning qoni qöllaringizdan pastga tomadi, oyoqlaringizga saçraydi, iş haqlaringiz evaziga sotib olgan «Mersedes Gelendvagen»laringiz şinalariga oqadi.
Hurmatli Özbekiston rahbariyati, iltimos, kelinglar, uşbu muhim islohotni şu şarmandalar iştirokisiz amalga oşiraylik!»
Harvard universiteti ilmiy tadqiqotçisi Botir Qobilovning fikri:
«Aslida, Toşkent kabi ziç şahar içida 60 km/soat ham katta tezlik, undan ham pastroq bölişi kerak. 21-asrda inson hayotining qadri bor jamiyatlarda bu haqda heç qanday bahs va munozaralarga örin qolmagan.
Deputatlarning fikriga köra, hayot juda tez oldinlab ketayotgan ekan va biz esa uni sekinlaştirmoqçi ekanmiz. Keçirasiz, nima? Köçadagi ölimlarni tezda töxtatiş örniga, bolalarimizni maktabga kuzatayotganda uyga qaytib kela olarmikan degan qörquvlarni kamaytiriş örniga bu kabi demagogiya bilan yana qaçongaça şuğullanamiz?!»
Jurnalist Şuhrat Şokirjonov masala kelgusida qay tariqa hal qilinişi hajv ostiga olgan:
«Qayta kiritsa qabul qilasizlarmi? Özi masala bitta ediyu? 70 km/soatni 60 km/soat qiliş? Ikki-uç haftada fikrlaring özgarib qolib, 60 km/soatni qabul qilasizlarmi? Yoki masala sessiya muhokamasiga qayta kiritilsa, tezlikni 70 ligiça qoldirasizlarmi? Unda rad etgan bölasizlar-ku baribir? Yoki GorGAIning zamiga «senikiyammas, biznikiyammas — 65!» deb qöl taşlaşasizlarmi?»
Jurnalist va bloger Eldor Asanovga köra, deputatlar va aksar odamlarning notöğri fikrda ekanligiga sabab ilmga hurmat yöqligida:
«Bunday şarmandali holatlar-u, har bir oğzi bor özini ekspert deb öylaşining sababi oddiy — ilmga hurmat yöqligida. Odamlarimizda, hatto ziyolilarimizda, siyosatçilarimizda ilm-fan bilan hisoblaşiş, olimlarning tadqiqotlariga köz qirini taşlab qöyiş odati yöq, şu turişi ham tarixni/tilni/siyosatni/urbanistikani yetarli darajada bilaman, deb bosaverişadi.
Tezlikning tuşirilişi avariyalar soniga va ölim xavfiga bevosita ta’sir qilişi haqida köp ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. 80 km/soat tezlikdagi harakat çoğida avariyada jarohat oliş ehtimoli 69 foizni, jiddiy jarohat oliş ehtimoli 52 foizni taşkil qiladi. Ba’zilar öylaganday, 10–20 km — kiçik farq emas. Tezlikka 1 km/soat qöşilişi jarohat xavfini 4-5 foizga oşiradi. Tezlikning 10–20 km.ga tuşirilişi esa, aksinça, xavfni bir neça barobar kamaytiradi. Tormoz yöli qançalar özgarişini (zarur bölganda maşinani töxtatiş tezligini) hisoblab çiqsangiz, bunday tezlikda ölim bilan tugaydigan YTH xavfi amalda yöq bölişini körasiz».
Toşkentlik trevel-ekspertlardan biri boşqa yirik şaharlar bilan taqqos keltiradi:
«Toşkent şahri içida maksimal ruxsat etilgan tezlik tuşirilmaydi. Toşkent hokimi qarorni imzolabdi.
Şu voqealar bilan bir vaqtda Almati şahrida 2025 yildan şaharning tartibga solingan magistral köçalarida hamda mahalliy va tuman ahamiyatiga ega yöllarida tezlik 30–50 km/soat qilib çeklanişi haqidagi hujjat tasdiqlandi.
Rivojlangan davlatlarning megapolislarida hattoki 60 km/soat ham — allaqaçon ruxsat etilmaydigan tezlik. Çunki u piyodalar uçun ölim xavfini keltirib çiqaradi».
Ma’lumot uçun, bugungi kunda eng maksimal tezliklar:
Parijda — 30 km/soat
Londonda — 20 mil/soat (32 km/soat), ayrim köçalarda 30 mil/soat (48 km/soat)
Nyu-Yorkda — 25 mil/soat (40 km/soat)
Istanbulda — 50 km/soat
Moskvada — MKADdan boşqa barça yöllarda 60 km/soat.
Aslida özimizda ham şaharlarning ayrim köçalarida tezlikni çegaralaş yangilik emas. Masalan, Navoiy şahrining bir qator markaziy köçalarida tezlik 50 km/soat qilib çegaralangan.
Yirik şaharlarning piyodalar gavjum markaziy qismlarida tezlikni keskin çegaralaş yöldagi ölimlar sonini kamaytirişi haqida urbanistika yönalişida yozuvçi jurnalistlar va blogerlar tinmasdan çiqiş qilişadi.
Barça maktablar, boğçalar, oliy va örta maxsus öquv yurtlari hamda savdo markazlari va xiyobonlar oldida ham tezlikni 30 km/soat qilib belgilaş işiga ham yetarli e’tibor qaratilmayapti.
2021 yil davomida Özbekiston yöllarida sodir etilgan yöl-transport hodisalari ilmiy-amaliy tahliliga e’tibor berilsa, eng köp qoidabuzarliklar aynan belgilangan tezlikni oşiriş ortidan kelib çiqqani ma’lum böladi.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 2022 yil fevral oyida Samarqand şahriga qilgan taşrifi çoğida «yaqinda Toşkent şahrida tezlik köpi bilan 60 km/soatgaça belgilangani haqida qaror çiqadi» degandi. «2018–2022 yillarda Özbekiston Respublikasida Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş konsepsiyasi»da şaharlar va aholi punktlarida transport harakatining maksimal ruxsat etilgan tezligini 60 km/soatgaça tuşiriş közda tutilgandi, ammo yakunda bu taklif ma’qullanmagandi.