Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Yaponiyaning Vladivostokdagi boş konsulligi xodimi Motoka Tatsunori «tarqatilişi çeklangan ma’lumotni olganida» uşlanganini ma’lum qildi. Bu haqda 26 sentabr, duşanba kuni TASS agentligi xabar berdi.
Maxsus xizmatga köra, diplomat «pul mukofoti evaziga Rossiyaning Osiyo-Tinç okeani mintaqasi davlatlaridan biri bilan hamkorligining dolzarb jihatlari, Ğarb sanksiyalarining Primorsk ölkasidagi iqtisodiy vaziyatga ta’siri töğrisida tarqatilişi çeklangan ma’lumot olayotgan paytda aşyoviy dalillar bilan» uşlangan.
Tatsunori «diplomatlik maqomiga töğri kelmaydigan faoliyati tufayli» persona non grata deb e’lon qilindi, diplomatik kanallar orqali Yaponiya tomoniga norozilik bildirilgan, deya qöşimça qildi FXX.
Maxsus xizmat Tatsunori söroq qilingan videoni ham e’lon qildi, unda u Rossiya qonunçiligini buzganini va maxfiy ma’lumotlarni pul evaziga olişga urinayotganini «tuşunganini» aytadi.
Oçiq manbalarga köra, Tatsunori siyosiy masalalar böyiça konsul bölib işlagan.

















