Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov özbekistonlik ahli ilmlarga murojaat qilib, ma’ruza va nasihatlarni voqelikdan kelib çiqib gapirişga, özlari ham aytganlariga amal qilişga çaqirdi.

«Ilmli kişilar, avvalo, özlari vaziyatni töğri baholab, uni töğri tahlil qila olişlari va şunga qarab xulosa çiqarişlari lozim. Xulosalarni bayon qilişda esa uning oltin qoidalariga amal qiliş darkor. Gapirişning oltin qoidalari: joy, holat va miqdorni hisobga oliş bilan böladi. Boşqaça qilib aytadigan bölsak, qayerda, qanday, qança gapirişni biliş lozim. Mana şu qoidalar buzilganda, köpinça turli noqulayliklar çiqadi. Bu esa fitnaga sabab böladi.

Qur’oni Karimda Alloh taolo “…Robbingning yöliga yaxşi mav’iza ila da’vat qil», – deydi. Da’vat qilişning ham öz yöli va qonun-qoidalari bor. Har kimning ham öziça, bu işda mutaxassis bölmay turib, kirişga haqqi yöq.

Nasihat qilmoqçi bölgan kişi avvalo ilmli, boşqalardan oldin özi nasihatlangan, ustozlardan körsatmalar olib, ularning tazkiya va ijozatlariga ega bölmoği lozim.

Özi gapirayotgan gapga özi amal qilmasa, özi badxulq bölib odamlarni çiroyli xulqqa çaqirsa, odamlarni sabrga çaqirib, özi besabrlik qilsa, odamlarni haqiqatga, birovlarning haqqidan qörqişga çaqirib, özi birovlarning haqqiga xiyonat qilsa va şu kabi holatlar bölsa, bu mav’iza qiladigan odamning odobiga töğri kelmaydi.

Har bir işning öz egasi – mutaxassisi böladi. Biror işga layoqatsiz, mutaxassis bölmay kirişiş doimo kulfat keltiradi. Vazifador inson bilimli, omonatdor va halol bölsa, unga topşirilgan işni maromiga yetkazib bajaradi. Şu sababli ham bu işlarni [da’vat va mav’izani] öz mutaxassislari qilmoği kerak», – deydi muftiy ahli ilmlarga qilgan murojaatida.