O‘zbekiston | 09:02 / 27.09.2022
2909
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Bruney ikki tomonlama soliqqa tortishga yo‘l qo‘ymaslik bitimini imzolaydi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Nyu-Yorkda Bruney-Dorussalomning ikkinchi tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasi 77-sessiyasi doirasida Bruney-Dorussalomning ikkinchi tashqi ishlar vaziri Erivan Yusuf bilan uchrashdi.

Erivan Yusuf turizm ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanishi kerakligini alohida urg‘uladi. O‘zbekistonda turizm sohasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuksak baholadi. “Ziyorat turizmi” va “Umra+” dasturlari doirasida O‘zbekiston Bruney fuqarolari uchun turizm markazlaridan biriga aylanishi mumkinligi qayd etildi.

Tomonlar shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish, investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish, ikki tomonlama soliqqa tortishga yo‘l qo‘ymaslik, daromadlar va kapitalga soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olish bo‘yicha hukumatlararo bitimlarni imzolash masalasini ishlab chiqish muhimligini qayd etdi. 

Hamkorlik imkoniyatlarini mazmunli muhokama qilish maqsadida O‘zbekiston va Bruney Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida maslahatlashuvlar navbatdagi raundini o‘tkazish masalasini o‘rganishga kelishib olindi.

Mavzuga oid