Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda BMTning yovvoyi hayvonlarni saqlash konferensiyasi o‘tkaziladi
O‘zbekiston “yashil” kun tartibini ilgari surish va iqlim o‘zgarishi jarayonlarini cheklashda faol ishtirok etishga tayyor.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasi 77-sessiyasidagi nutqidagi muhim mavzulardan biri - iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘ldi.
77-sessiya ishtirokchilari e’tibori O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kelgusi besh yil ichida butun mamlakat bo‘ylab 1 milliard daraxt va buta ekishni nazarda tutuvchi "Yashil makon" keng ko‘lamli tashabbusiga qaratildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Orol dengizi qurishi muammosiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Respublikada ushbu ekologik falokat oqibatlarini yumshatish, Orolbo‘yi mintaqasini ekologik va gumanitar inqiroz hududidan ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasiga aylantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. So‘nggi 5 yil ichida qurigan dengiz tubida 1,7 million gektar o‘rmon plantatsiyalari barpo etildi.
V.Norov yaqin muddat oralig‘ida mamlakatda sohaga doir qator xalqaro tadbirlar - BMT shafeligida O‘zbekistonda birinchi Orolbo‘yi xalqaro forumi, BMTning yovvoyi hayvonlar ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash to‘g‘risidagi konvensiyasi tomonlari 14-konferensiyasi, Cho‘llanishga qarshi konvensiyani amalga oshirishni ko‘rib chiqish bo‘yicha qo‘mita navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilishini e’lon qildi.
Mavzuga oid
08:10 / 06.06.2026
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini favqulodda yig‘ilishga chaqirdi
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
22:50 / 01.06.2026