
Yangi hisobot "Urushning narxi" deb nomlangan.
"Jahon iqtisodiyoti tormozlanmoqda. Bunga Rossiyaning Ukrainaga qarshi yo‘q yerdan boshlangan, oqlab bo‘lmaydigan va jinoiy tajovuzi sababchi. Ko‘plab mamlakatlarda YaIM o‘sishi to‘xtadi va iqtisodiyotning holatiga oid ma’lumotlardan kelib chiqib, tormozlanish davomli bo‘ladi", - dedi IHTT bosh kotibi Matias Kormann.
Kremlning Yevropaga qarshi gaz urushi ortidan kelib chiqqan energetika inqirozi bilan birgalikda, dunyodagi boyliklarning o‘sish sur’atiga rekord darajadagi inflatsiya va Xitoydagi kovid lokdauni ham ta’sir ko‘rsatadi. Lekin asosiysi – urush.
Urush bo‘lmaganida, 2023 yilda jahon iqtisodiyoti hajmi dushanba kuni e’lon qilingan prognozga nisbatan 2 foizga ko‘proq bo‘lgan bo‘lardi. Pulda ifodalanganda bu ulkan raqamni tashkil etadi - 2,8 trln dollar, Rossiya YaIMdan qariyb bir yarim baravarga ko‘proq.
Rossiya kelasi yili dunyoning eng yetakchi 20 iqtisodiyoti ichida eng sezilarli pasayishga duch keladi – YaIMning 4,5 foizi.
IHTT 2023 yilda Rossiya bilan birga faqat Germaniyada YaIM pasayishini (minus 0,7 foiz) taxmin qilmoqda. U Yevropaning eng yirik iqtisodiyoti, Rossiya gazining asosiy xaridori va yetakchi eksportyori hisoblanadi. Ko‘hna dunyoning sanoat motori Kreml o‘tqazib qo‘ygan gaz parhezi hamda Xitoy iqtisodiyoti tormozlanishi sababli to‘xtaydi.
Qolganlarda, ayniqsa, Rossiya va G‘arbning energetik va sanksiyaviy urushlarida g‘olib chiqqan Turkiya, Hindiston, Xitoy va Saudiya Arabistonida o‘sish kuzatiladi.
Hammasi yanada yomon bo‘lishi mumkin
AQSh uchun ham, Yevrohudud uchun ham kelgusi yil prognozi yomonlashgan. IHTT Amerikada o‘sish yarim foiz, Yevrohududning 19 mamlakatida esa 0,3 foiz bo‘lishini kutmoqda.
















