Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan davlat xizmatçisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, ötkazilgan qabullarda fuqarolarga hurmatsizlikka yöl qöygani va faoliyatidagi boşqa kamçiliklari uçun Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyev egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Avgust oyida internetda Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyevning qabullariga kelgan fuqarolar ayvonçada ötirgan hokimga röpara bölayotgani va ularga suhbat paytida ayvonça ostonasidan joy berilayotgani aks etgan suratlar tarqalgandi.

Foto: Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati
Foto: Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari örtasida muhokamalarga sabab bölgan bu holat "Örta asr xonliklari davrini eslatayotgani", Egamberdiyev özini hokim emas xondek tutayotgani tanqid qilingandi. 

Tuman hokimligi esa bu holatni «ijtimoiy masofa saqlaş» zarurati bilan izohlaşga harakat qilgandi.

Abdujabbor Egamberdiyev 2021 yil fevralida Andijon tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.