Prezident qarori bilan Andijon viloyatining Asaka, Andijon va Paxtaobod, Farğona viloyatining Farğona, Samarqand viloyatining Nurobod tumanlari hokimlari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov ötkazgan tanqidiy yiğilişda ma’lum qilindi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berişiça, Asaka tumani hokimi Mansurbek Alixonov va Farğona tumani hokimi Şuhratjon Möminov yer munosabatlarini tartibga solişga oid qonunçilik hujjatlariga rioya etmagani, faoliyatida yöl qöygan boşqa jiddiy qonunbuziliş holatlari uçun egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Şuningdek, Paxtaobod tumani hokimi Elyorbek Usmonov va Nurobod tumani hokimi Şerali Yöldoşev rahbarlik etikasi qoidalariga rioya etmagani, xizmat vakolatidan çetga çiqib qonunbuziliş holatlariga yöl qöygani uçun, Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyev esa davlat xizmatçisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, ötkazilgan qabullarda fuqarolarga nisbatan hurmatsizlikka yöl qöygani va faoliyatidagi boşqa kamçiliklari uçun egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Muqaddam Jalaquduq tumani IIB boşliği bölgan Mansurbek Alixonov 2020 yil sentabridan buyon Asaka tumani hokimi lavozimida işlab kelayotgandi. 2021 yil dekabrida uşbu hokim fuqaro bilan mensimaslik ohangida, qölini çöntagiga solgan holda gaplaşgani aks etgan video tarqalgan, ammo yakunda uning matbuot kotibi jazolanib, işdan olingandi.

Muqaddam Markaziy bank Andijon viloyat boşqarmasi boşliği bölgan Elyorbek Usmonov 2022 yil fevralidan buyon Paxtaobod tumani hokimi sifatida işlab kelayotgandi. Internetda uning etika qoidalaridan çetga çiqişi bilan boğliq holatlar aks etgan video yoki audioyozuvlar tarqalmagan.

Abdujabbor Egamberdiyev 2021 yil fevralida Andijon tumani hokimi etib tayinlangandi. 2022 yil avgustida Abdujabbor Egamberdiyev qabuliga kelganlarga poygakdan joy berganidan keyin internetda maşhur bölgandi.

Farğona tumani hokimi Şuhratjon Möminov bu lavozimda 2020 yil yozidan buyon işlayotgandi.

Nurobod tumani hokimi Şerali Yöldoşev esa 2022 yil martida lavozimga tayinlangandi. Internetda uning etika qoidalaridan çetga çiqişi bilan boğliq holatlar aks etgan video yoki audioyozuvlar tarqalmagan.












