Şavkat Zayniddinov Sirdaryo viloyati hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.

U turli yillarda «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati tizimlarida va taşkilot tugatilgaç, Yoşlar ittifoqining Sirdaryo viloyat boşqarmasi raisi sifatida faoliyat körsatgan. 2021 yil aprelidan buyon Yoşlar ittifoqi Markaziy kengaşi raisining örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
U Sirdaryo viloyati hokimi örinbosari lavozimidan Yangiyer şahri hokimligiga ötkazilgan Otabek Nosirovning örnini egalladi.
Şuningdek, Bahodir Botirov Sirdaryo viloyati hokimining örinbosari — investitsiya va taşqi savdo boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.

U tayinlovga qadar Guliston tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlagan.
U 2019 yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimi örinbosari bölib kelgan Daniyar Madirimov örnida iş boşladi.











