Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolovga majlis iştirokçilarini haqorat qilgani yuzasidan jarima jazosi qöllandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
«Özbekiston Respublikasi prezidentining qarori bilan öz faoliyatini davlat siyosati va amalga oşirilayotgan islohotlarga mos ravişda taşkil etmagani, hokimlarga qöyiladigan talablarga rioya etmasdan majlis qatnaşçilarini haqorat qilganligi va bu bilan keng jamoatçilikning noroziligiga sabab bölgani uçun Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolovga jarima intizomiy jazo çorasi qöllanildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Ayni paytda bölayotgan videoselektor yiğilişida ham prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov Surxondaryo viloyati hokimiga dakki bergan.
«Töra Bobolov, siz örnak bölmayapsiz. Internetda çiqqan gaplarni montaj dedingiz. Lekin ekspertiza sizning ovozingizni tasdiqladi. Prezidentimiz topşiriği bilan sizga intizomiy jazo çorasi sifatida oylik iş haqining 40 foizi miqdorida jarima qöllandi.
Tegişli mutasaddilar Surxondaryo viloyatini kompleks örgansin, muammolarga yeçimi bilan taklif tayyorlasin, kerak bölsa aniqlangan qonunbuzilişlar yuzasidan jinoiy iş oçişgaça bölgan çoralar körilsin», degan administratsiya rahbari.
Eslatib ötamiz, avgust oyining ikkinçi yarmida ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolovning Angor tumani prokurorini haqorat qilgani aytilgan audioyozuv tarqalgandi. Unda hokim prokurorga vazifalarini bajarmagani, qolaversa, taşkilotlarga nisbatan jinoyat işi oçgani uçun tanbeh bergan.
Töra Bobolov va “tajang” prokuror tortişuvi. Voqealar rivoji qanday keçişi mumkin?
Viloyat hokimligi «mazkur yiğiliş tanqidiy ruhda ötganligi sababli viloyat hokimi asabiy holatda gapirişga majbur bölgan»ini ma’lum qildi.
Köp ötmay, Töra Bobolovning Qiziriq tumani hokimi va klaster rahbarini qöpol ravişda tanqid qilgani aks etgan yangi audioyozuv paydo böldi.
Töra Bobolov 2019 yil aprelidan buyon Surxondaryo viloyatiga rahbarlik qilib












