Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan yerlarida «referendum»lar yakunlandi

Foto: AFP
Ukrainaning egallab olingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha «referendumlar» yakunlandi, deb xabar bermoqda Rossiya axborot agentliklari.
Rossiya hududlarida bo‘lib o‘tgan "Donetsk va Luhansk xalq respublikalari"ning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilishi masalasi bo‘yicha ovoz berish yakunlandi.
Ishtirokchilarning 98,69 foizi "LXR"ning Rossiyaga qo‘shilish tarafdori bo‘ldi, "DXR"ning Rossiyaga qo‘shilish masalasida ovoz berganlarning 97,93 foizi ijobiy fikr bildirgani aytiladi.
Rossiya hududlarida 441 ming kishi "DXR"ning qo‘shilishi uchun, 394 ming kishi esa "LXR"ning qo‘shilishi uchun ovoz berdi.
O‘zini «DXR» va «LXR» deb e’lon qilgan hududlarda mahalliy aholi «respublikaning Rossiya Federatsiyasining sub’yekti huquqi asosida Rossiya tarkibiga kirishini» qo‘llab-quvvatlayaptimi, degan savol «ovozga» qo‘yildi.
Ishg‘ol qilingan Zaporijjya va Xerson oblastlarida saylov byulletenlariga «Ukrainadan ajralib chiqish, mustaqil davlat tashkil etish va Rossiya Federatsiyasi tarkibiga Rossiya Federatsiyasi sub’yekti huquqi asosida kirish tarafdorimisiz?» degan savol qo‘yildi.
AQSh, Yevropa ittifoqi va NATO «ovoz berish» Rossiyaning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligi tamoyillariga tajovuz qilishi va xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmasligini bir necha bor ta’kidladi.
Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina hududlarida o‘tkazilgan «referendumlar» qonuniylikka ega emas va xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi, dedi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatdan keyin.
Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi «bu hududlar Ukrainaga tegishli», deb ta’kidladi. NATO davlatlari Ukraina suvereniteti va o‘zini himoya qilish huquqini qat’iy qo‘llab-quvvatlamoqda, deya qo‘shimcha qildi Stoltenberg.
Bundan oldin Putin 30 sentabr kuni Ukrainadagi yangi annexia haqida e’lon qilishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30 sentabr kuni Ukrainaning egallab olingan hududlari Rossiya tarkibiga qo‘shilganini rasman e’lon qilishi mumkin.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining 27 sentabr, seshanba kungi kunlik hisobotiga ko‘ra, Putinning Federal majlis ikkala palatasiga murojaati o‘sha kunga rejalashtirilgan va Rossiya prezidentida bundan annexiani rasman e’lon qilish uchun foydalanishga «haqiqiy imkoniyat» mavjud.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketdi
O‘zbekiston | 10:29
-
Ukraina AQSh yordamining to‘xtatilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Jahon | 09:59
-
«Vladimir, to‘xta» – Tramp Kiyevga zarbadan keyin Putinni tanqid qildi
Jahon | 09:01
-
O‘zbekistonni qizamiqdan xoli hudud maqomini tiklash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi
O‘zbekiston | 08:56
Mavzuga oid

09:59
Ukraina AQSh yordamining to‘xtatilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

08:43
Qozog‘istonda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani rad etildi

23:58 / 24.04.2025
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi

21:23 / 24.04.2025