Çirib borayotgan maktabgaça ta’lim bolalarning umriga zomin bölmayaptimi?
|18:55 / 29.09.202247 03116 min
«Eng yomon tomoni - maktabgaça ta’limda bölayotgan «öyin»larni, tizimning çirib bölganini vazirlik ham, hududiy boşqarmalari ham yaxşigina biladi. Ammo mudiralarning katta-katta «tanka»lari sabab hamma közini kör, quloğini kar qilib olgan. Oxir-oqibat, ta’limiy jarayon öldirilmoqda».
Sönggi 3 oyda 5 ta MTTda turli sabablar bilan bolalar ölimi qayd etildi. Farğonada 4 yoşli bola suvda çökib, Şahrisabzda 8 yoşli qizaloq badaniga şişa siniqlari kirişi tufayli köp qon yöqotib, Namanganda 5 yoşli bola tilini çaynab hayotdan köz yumdi. Bundan taşqari, yaqinda Farğona va Navoiy viloyatlaridagi boğçalarda bolalarning ommaviy zaharlanişi ham qayd etildi. Umuman, bu kabi noxuşliklarning paydar-pay sodir bölayotgani xavotirga solmoqda.
Bu, albatta, maktabgaça ta’lim tizimida muammolar borligidan darak beradi.
Kun.uz birmunça avval Maktabgaça ta’lim vazirligida işlagan, sohadan boxabar bir mutaxassis bilan suhbatlaşdi.
Maftuna Şaripovaning (qahramonimiz şaxsini oçiqlaşni istamadi, şu sababli ism-familiyasi özgartirib berilmoqda — D.Ş.) aytişiça, boğçalarda bu kabi holatlar oldin ham yuz bergan. Uning yuzaga kelişi esa ança yildan beri şakllanib kelayotgan muammolar bilan boğliq.
Soha nomutaxassislarga tölgan
Köp hollarda boğçalarda, Maktabgaça ta’lim vazirligining viloyat va tuman boşqarmalarida nomutaxassislar ötiradi. Xöp, buni qöya turaylik, birgina boğça direktorligini olsak ham şu ahvol. Masalan, hozir maktablarda maxsus sertifikatga ega bölgan kadrgina maktab direktorligiga tayinlanyapti. Maktabgaça ta’limda esa bunday tizim yöq. Kim qança yoki nima berişiga qarab, xodimlar işga olinadi. Mudiralar esa umuman bu sohadagi mutaxassislar ham bölmaydi. Sohani tuşunmaganidan keyin ta’lim jarayonini qanday qilib nazorat qilsin?!
Mavzuga oid
Yaqqol bir misolni keltiraman: tarbiyaçilar bolalar iştirokida biror yaxşi tadbir qilişsa, ijobiy natija bölişini tuşuntiramiz. Ammo ular bu işlardan özlarini olib qoçişadi. Sababini söraganimizda, bu kabi tadbirlardan faqat kamçilik topilişini aytişmoqda. «Şunça mehnat qilibsan, barakalla», — deb emas, «bölmabdi, öxşamabdi», — deb döq qilişarkan. Çunki boğçalarda mutaxassislar işlamaydi, ular pedagogika nimaligini, undagi metodikalar qanday bölişini tuşunmaydi.
Tarbiyaçilar juda katta bosim bilan işlaydi
Tarbiyaçilarga juda ham qiyin. 30 nafar bolaga qaraş, ularning ota-onasi bilan gaplaşiş, xat-hujjatlarni yozişning özi bölmaydi. Umuman olganda, boğçadagi tarbiyaçilarimiz juda katta bosim bilan işlaydi. Vaholanki, tarbiyaçining yordamçisi bor, lekin u pol artiş, idiş-tovoq yuviş yoki köça supurişdan ortmaydi. Uning tarbiyaçiga yordami tegmaydi. Aslida, maktabgaça ta’lim muassasalari yetarli darajada tozalovçi xodimlar va farroşlarga ega bölişi kerak. Lekin bizning mudiralar bunday qilmaydi. «Ölik ştat» şakllantirib, 3 nafar xodim işlaşi kerak bölgan joyga, 1 nafar odamni qöyadi-da, qolganlarning pulini özi yeb yuraveradi.
Xorij tajribasiga tayansak, u yerdagi boğçalarda 15 nafar bolaga 1 nafar tarbiyaçi va unga 2 nafar yordamçi beriladi. Tasavvur qilyapsizmi?! Bolalar soni biznikidan ança kam, lekin ularga qaraş uçun 3 nafar mutaxassis ajratilmoqda.
Boz ustiga, hozirgi bolalar xotirjam ham emas, aksariyati juda agressiv. Buning ildizi oilaga borib taqaladi. Bizning jamiyatimizda nosoğlom oilalar talaygina, şuning hisobiga şu oila farzandlarining ruhiy holati ham soğlom emas. Bunday ruhiyatdagi bolalarni eplaş esa osonmas.
Ana endi ta’minot masalasiga ham töxtalsak. 2020 yilda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 802-sonli qarorida maktabgaça ta’lim taşkilotlarini jihozlaş böyiça bir qança bandlar belgilangan. Ammo unda qayd etilgan jihozlar boğçalarga berilmaydi, bu narsalar joylarga umuman yetib bormagan. Körgazma uçun Toşkent şahrida bir-ikkita yangi boğça qurib yoki bir-ikkitasini yangi jihozlar bilan ta’minlab qöyişadi, xolos. Özbekiston faqat poytaxtdan iborat emas-ku?
Qişloq boğçalariga kirib borişsa, hozir aytilayotgan narsalarining yuzdan biri ham yöq. Zafarobod, Paxtakor tumanining çekka joylaridagi boğçalarni körib, eski zamonlarga tuşib qolgandek böldim. Boğçalar şunçalik xarobligidan tarbiyaçilarning işlayotganiga rahmat aytamiz. Yarim stavka işlab 500 ming söm, töliğida esa 1,5 mln söm olişadi. Afsuski, şu maoş ham hujjat, qoğoz çiqarişga sarflanadi.
Albatta, bunda metodistlarimiz va tarbiyaçilarning ham aybi bor. Çunki ular har çorakda eskirgan jihozlar uçun talabnoma şakllantirib berişi kerak. Keyin bu qoğozni mudiraga, mudira tuman bölimiga, tuman esa viloyat boşqarmasiga yuborib, şu zaylda kerakli narsalar bilan ta’minlanişi kerak. Tarbiyaçilar talabnoma şakllantirilgan vaqtda mudira bu kabi narsalarni oliş tarbiyaçilarning böynida ekanini uqtiradi.
Oqibatda esa talabnoma şakllantirilmaydi, boğçalarimiz xaroba ahvolda yotaveradi.
Tizimning özida quyidan rağbatlantiriş yöq
Köp jihatlarni biz oylik maoşga olib borib taqaymiz, aslida esa unga boğliq bölmagan jihatlar ham bor. Masalan, har yili oktyabrga yaqin ustoz va murabbiylar davlat mukofotlari bilan taqdirlanişadi. Qaror çiqişi bilan biz «röyxatda maktabgaça ta’limdan qaysi tarbiyaçilar bor ekan?» — deb izlaşga tuşamiz. Bu yilgi röyxatni kördik, Özbekiston böyiça metodist va 5 nafar tarbiyaçini qöşişgan, xolos. Doimgidek öşa «eski tos — eski hammom».
Tizimning özida quyidan rağbatlantiriş yöqligi ham undagi muammolarning kelib çiqişiga sabab böladi. Şu yildan boşlab maktabgaça ta’lim tarbiyaçilarini ham toifalar (mutaxassis, birinçi, ikkinçi va oliy toifali)ga böliş boşlandi. Bu tartibni joriy qilişgani uçun juda minnatdormiz, heç bölmasa tarbiyaçilar harakat qilişni boşlaydi. Boisi, oldin 40 yil işlasa ham öşa bir xil oylik bilan yuraverardi, endi toifa olgan sari oylik maoş ham kötarilib boraveradi.
Ammo bu toifani olişning öziga yaraşa parametrlari mavjud, buning uçun tarbiyaçilarning maqolasi çiqqan, işlari ommalaşgan bölişi kerak. Şu sababli köplab tarbiyaçilarimizga işlarini ommalaştiriş kerakligini, şu bilan yuzaga çiqib, rağbatlantirilişini uqtiraman. «Yöq, kerakmas, turgan-bitgani xarajat», — deyişadi. Ularning aytişlariga köra, biror işni körsatiş uçun mudiralar: «tuman boşqarma boşliqlariga yoki metodistlariga nimadir beriş kerak», — der ekan, boğça tarbiyaçilarining oyligi kam bölsa, ularning bunga ortiqça puli yöq, axir.
Bundan taşqari, tarbiyaçilarning işi ommalaşmayotganining yana bir sababi bor. Har çorakda boğçalarda mudira va metodist 10 nafardan tarbiyaçilarning maşğulotini kuzatişi, keyin pedagogika kengaşi yiğilişida bolalar bilan yaxşi şuğullanayotganlarning işi körsatilişi kerak. Söng maşğulotlari muvaffaqiyatli tarbiyaçi qolganlar bilan tajriba almaşişi, ularga seminar ötib berişi lozim. Işlarida kamçilik aniqlanganlarga esa metodik kömak beriş zarur böladi. Lekin bizda ikkalasi ham amalga oşirilmaydi. Boğçalarni 100 foiz qilib oladigan bölsak, boringki, atigi 10–15 foizida pedagogika kengaşlari haqiqatan işlaydi. Ammo qolganida hamma narsa qoğozda yuritiladi.
Mudira taşkiliy işlari köpligi sabab köçada böladi, maşğulot kuzatmaydi. Metodist esa xat-hujjatdan ortmaydi, boğçadagi maşğulotni kuzatmaganidan keyin içkaridagi muammoni qayerdan bilsin? Bu holatda esa mudiralarga «sevimli» bölib qolgan tarbiyaçilar mukofot pulini olib yuraveradi.
Şuningdek, mudiralar stolidan qörqqani uçun ham özidan kuçli, yaxşi mutaxassislarni, tarbiyaçilarni kötarişni istamaydi. Köpçiligi boşqa yaxşi mutaxassislar kelib, örnini egallab olişidan çöçiydi. Şu sababli tarbiyaçining işini heç kimga körsatmaydi. Tizimda mana şunday nosoğlom raqobat ham bor.
Boğçaga ovqat yetkazib beruvçi kompaniyalar mudiralar bilan til biriktirib işlamoqda
Butun respublika böyiça boğçalarning bir qismiga autsorsing joriy etilgan. Autsorsing — şartnoma asosida taşqi manba xizmatidan, ya’ni autsorser kompaniya xizmatidan foydalaniş hisoblanadi. Hozirda Özbekiston boğçalarining ovqatlantiriş tizimi şu usul orqali amalga oşirilyapti.
Biz ham bu tizimni örgandik, bir qança boğça tarbiyaçilari bilan ataylab suhbatlaşdik. Bunda birjada ğolib bölgan kompaniyalar tumandagi qançadir boğça uçun oziq-ovqat yetkazib beriş mas’uliyatini oladi. Boşida juda xursand böldik, endilikda taşimaçilik bölmas ekan, bolalarga ovqatlar yetarli va sifatli darajada keladi, degandik. Buning ustiga, firmalar rivojlanişi uçun birinçi yili 5 ta boğçani, keyingi yilda yana 5 tasini olsa, 10 ta boğçamizning ahvolini talabga javob beradigan qilib qöyadi, deb öylagan edik.
Xalqaro tajribada ham bu usuldan foydalaniladi, ularda aynan ovqatlantiriş tizimi boğçalarga boğlab qöyilmagan. Ammo hammasi ham öylaganimizdek keçmayapti. Töğri, boşida harakatlar yaxşi böldi, lekin hozirga kelib aksiga duç kelyapmiz. Masalan, yaqindagina Jizzaxdagi boğçalardan sörab, suriştirdik. Autsorsingga ötgan boğçalarimiz oldingi öşa mudiralar ovqat pişirtiradigan davrdan-da, battar ahvolda ekan.
Aslida esa bu tizim inson omili, ya’ni mudiralar iştirokini olib taşlaş uçun yölga qöyilgan edi. Biroq boğçaga ovqat yetkazib beruvçi kompaniyalar mudiralar bilan til biriktirib işlamoqda. Agar bu hol davom etadigan bölsa, unda yangilik qilişning nima keragi bor?! Eski va hozirgi ahvolda ham bolalarning rizqi kesilyapti-ku?!
Mudiralar iştirokida ötadigan ovqatlantiriş tizimi esa köpçilikka taniş bölsa kerak. Buni bir misol bilan tuşuntiraman. Bir neça kun oldin bir tanişim somsaxona oçmoqçi bölib, tajriba oliş uçun somsaçilar bilan işladi. Hamma joylarni töğrilab, tandir sotib olib ham qöygan edi. Ozgina vaqt ötgandan keyin bilsam, somsaxona emas, novvoyxona oçişibdi. «Nimaga somsaxona qilmadingiz?» — deb sörasam, «yöq, bu juda xato iş ekan», — dedi. Bilsak, somsaxonaçilarning 70 foizi mudiralardan arzonga göşt olarkan.
Köryapsizmi, ikkala tizimda ham baribir inson omili bor. Fikrimça, bu yoği vijdonga borib taqaladi. Boşqaçasiga kuraşiş qiyin bölsa kerak
Eng qiziği, Maktabgaça ta’lim vazirligida şularni nazorat qiliş bilan şuğullanadigan soğlom ovqatlantirişni taşkil qiliş şu’basi yoki boşqarmasi bor. Unda bir qança auditorlar ham işlaydi. Ular boğçalarga borib tekşiradigan vaqtida hamma narsa risoladagidek bölib qoladi. Borişganda, «Ha, yaxşimi? Yaxşi» qabilida qaytib kelaverişadi.
Oilaviy boğçalarda ta’limiy jarayon yöq
Özbekistonda xususiy boğçalar köp emas, çunki ular barça xarajatlarni: kommunal tölovlarni, tarbiyaçilar oyligini özlari qoplaşadi. Şuning uçun ham u yerga bolani beriş narxi qimmatroq. Qişloq hududida yaşovçilar esa bu xarajatlarni kötarolmaydi.
Şuning uçun çekka hududlarda oilaviy boğçalar köproq oçilmoqda. Ularga davlat subsidiyasi ajratilgani uçun narxlar unça ham qimmat emas, mahalliy aholi bemalol tölay olişi mumkin. Ammo şu oilaviy boğçalarni ham unça oqlamadim. Çunki bir-ikkitasiga kirib kördim, unça ham talabga javob bermaydi. Özingiz öylab köring, yakka tadbirkor boğça oçyapti-da, u yerda tarbiyaçi emas, nomutaxassis ham tarbiyaçi, ham oşpaz, ham tozalovçi vazifasini bajarib ertalabdan keçgaça bolalarga qarayapti. «Mana bolaga banan beryapman, yogurt beryapman», — deyapti. Xullas, u yerlarda ta’limiy jarayon yöq. Biroq bir tarafdan oilaviy boğçalarning bölgani yaxşi, çunki davlat hamma bolalarni ham maktabgaça ta’limga qamrab ololmaydi.
Kasal bolani qabul qiliş 2 ta xavfni yuzaga keltiradi
Tarbiyaçilarning filtr degan daftari bor, unga bolalarning harorati ölçanib, yozib borilişi kerak. Bu jarayonda hamşiralar ham qatnaşişi zarur. Ammo ular qatnaşmaydi-da, filtr daftariga bolaning harorati 36,6 deb yozib qöyaverişadi. Mana şu yerda ikkita xavf paydo böladi. Birinçidan, boğçaga kasal bola kirişi va bu kasallikni atrofidagi tarbiyalanuvçilarga yuqtirişi mumkin.
Ikkinçidan, tarbiyaçi öşa bola bilan ovora bölib qolganida boşqa tarbiyalanuvçilar bilan ekstremal holatlar yuzaga kelişi mumkin. Çunki tarbiyaçining özi işlayotgan böladi, yuqorida aytganimdek, uning yordamçisi maişiy işlar bilan band bölib qoladi, bolalar esa qarovsiz qolib ketadi.
Aslida kasal bolani olib qoliş juda notöğri. Ammo bolalar davomati pasaysa, mudira tarbiyaçini urişib beradi, şuning uçun, boğçadagilar kasal bolani ham olib qolaveradi. Bunday holatlar yöq emas.
Boğçaga röyxatdan taşqari bolalarni qabul qiliş holati
Bola kasal bölgaç, ota-onalar oilaviy poliklinikalarda ularga «kasallik varaqasi» oçtirib keladi. Bunday vaqtda oilalar boğçalarga bola puli tölamaslikka haqqi bor. Mudiralar esa bunday bölişini istamaydi. Çunki köp hollarda boğçada röyxatda yöq bolalarni qabul qiliş holatlari ham uçraydi.
Deylik, bir boğçaning bir guruhida 40 nafar bola bor, lekin röyxatda 30 nafar deb berilgan. Qolgan 10 nafar bola uçun ota-onasi pul tölab yuraveradi, ammo şunga qaramay, boğçaga 30 nafar bola uçun ovqat keladi. Yuqoridagi 10 taning pulini esa mudiralar olib yuradi.
Afsuski, bu öyinlarga tarbiyaçilar kirib qoladi, ular jurnalida yozilmagan bolaga qaramasligini ham aytadi, ammo mudiralar şu yerda pulning bir qismini tarbiyaçilarga berib, ularning «oğzini yopiş»ga urinadi. Eng oğriqli nuqtalardan biri şudir.
Bilasizmi, eng yomon tomoni — maktabgaça ta’limda bölayotgan öyinlarni, tizimning çirib ketayotganini vazirlik ham, hududiy boşqarmalar ham yaxşigina biladi. Ammo mudiralarning katta-katta «tanka»lari sabab hammaning közi kör, quloği kar bölib olgan. Oxir-oqibat ta’limiy jarayon öldirilmoqda.
Tizim korrupsiyaga botib ketgan
Yaqinda bir mudiralar bilan suhbatlaşib qoldim. Hammasi: «oyning boşida bir kirib-çiqişimiz kerak», — deb bot-bot ta’kidladi. Tuşunmay, nima qilişmoqçiligini sörab bilsam, ular tuman maktabgaça ta’lim bölimi boşliğining oldiga kirib, ma’lum miqdorda pul taşlab çiqişarkan. Qança summa berilişini bilolmadim, menimça, bu boğçaning qançalik katta yoki kiçikligiga boğliq böladi. Yana aytişlariça, pul berilmasa, öşa oyda pul bermagan boğçalarga tekşiruv yuborilarkan.
OTMda öqiyotgan heç qaysi talaba tarbiyaçi bölişni istamaydi
Hozirgi vaqtda maktabgaça ta’lim beriş uçun öqiyotgan talaba qizlarni ikki toifaga ajrataman. Qimmat, yaxşi kiyimlarni kiygan qizlar odatda mudiralarning yoki boğçada rahbar lavozimida işlayotganlarning qizi bölib çiqadi. Qolgani boşqa öqişlarga kirolmay, balli pastligi uçun şu oliygohga kelib qolgan böladi. OTMda öqiyotgan heç qaysi talaba tarbiyaçi bölişni istamaydi. Çunki bu sohadagilarning oyligi past bölişini, ertaga qanday şaroitda işlaşini juda yaxşi biladi.
Xulosa qiladigan bölsam, bularning hammasi bir-biriga zanjirdek boğliq. Maktabgaça ta’lim tizimi sirtidan gözal, xat-hujjatlari joyida bölib körinadi, ammo bolalarning qanday ta’lim olayotgani, nima yeb-içayotgani, maktabga qanday tayyorlanayotgani bilan heç kimning işi yöq.