Finlandiya hukumati bayonotida aytilişiça, bu transçegaraviy transport oqimining sezilarli darajada qisqarişiga olib kelişi kutilmoqda.

Taşqi işlar vaziri Pekka Haavisto matbuot anjumanida uning mamlakati rasmiylari hozirda rossiyaliklar oqimini Finlandiyaning xalqaro munosabatlariga tahdid deb bilişini tuşuntirdi. 

Şu bilan birga, Rossiya fuqarolariga yaqin qarindoşlari bilan uçraşiş, işlaş va öqiş uçun mamlakat hududiga kirişga ruxsat beriladi.

Bundan oldin Rossiyada Ukrainaga qarşi uruşda e’lon qilingan «qisman safarbarlik» fonida Latviya hukumati Rossiya bilan çegaradoş hududlarda favqulodda holat joriy qilgandi. 

Favqulodda holat Aluksne, Balvi va Ludza hududida, şuningdek, portlar, aeroportlar, çegara ötkaziş punktlari va temiryöllarda joriy etilgan. Faqat 19 sentabrdan kuçga kirgan yangi mezonlarga javob beradigan rossiyaliklar Latviyaga kiritiladi. 

1 sentabr kuni Pragada bölib ötgan norasmiy uçraşuvda Yevropa ittifoqi taşqi işlar vazirlari Rossiya va YeI örtasida vizalar berişning soddalaştirilgan tartibi haqidagi kelişuvni töxtatib turişga kelişib oldi. Bu - viza olişni uzoqroq, qiyinroq va qimmatroq qildi. Şuningdek, Rossiya bilan çegaradoş davlatlar Rossiya fuqarolarining kirişini milliy darajada çeklaşi mumkinligi haqida qaror qabul qilindi.

Şundan söng, Polşa, Litva, Latviya va Estoniya Yevropa ittifoqiga taşrif buyurişidan maqsad turizm, biznes, sport yoki madaniyat bölgan Rossiya fuqarolarining kirişiga muvofiqlaştirilgan tarzda çeklovlar joriy etişga kelişib oldi. Istisnolar faqat yuk maşinalari haydovçilari, diplomatlar va gumanitar sabablarga köra çegarani kesib ötganlar, jumladan dissidentlar uçun amal qiladi. Rossiyadagi safarbarlik fonida Latviya safarbarlikdan qoçgan rossiyaliklarga gumanitar va boşqa vizalar bermasligini e’lon qilgan.