“Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş tartiblarini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Tuğilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik dalolatnomalarini yoziş bölimlarida qayd etiş tartibi 2023 yil 1 yanvardan Toşkent şahrida, 2023 yil 1 iyundan esa butun respublika hududida joriy etiladi.

Tuğilganlik holati FHDYo bölimlarida qayd qilingani haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod tasviri tuşirilgan ma’lumotnoma beriladi va uşbu ma’lumotnoma tuğilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglaştiriladi hamda davlat organlari va taşkilotlari tomonidan qabul qilişni rad etiş taqiqlanadi.

Nikoh tuziş va nikohdan ajraşişni qayd etiş uçun arizalarni Sirdaryo viloyatidagi tuman (şahar) davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qiliş böyiça huquqiy eksperiment ötkaziladi. Huquqiy eksperiment 2022 yil 1 noyabrdan 2023 yil 1 iyulgaça amalga oşiriladi.

Qaror bilan nikoh tuziş va nikohdan ajraşişni qayd etiş uçun davlat xizmatlari markazlari orqali arizalar qabul qiliş tartibi töğrisidagi vaqtinçalik ma’muriy reglament tasdiqlandi. Nikohga kiriş haqida ariza berilganda nikohlanuvçi şaxslarning yaşaş joyidagi mahalla fuqarolar yiğinini xabardor qiliş tartibi bekor qilindi.