Uning sözlariga köra, yangi çaqirilgan harbiy xizmatçilar Luhansk oblastidagi Svatovoy hududi va Xarkiv oblastidagi «teşikni şoşilinç yopiş zarurati» bölgan qismlarga yuborilgan.
«Asosiy massa ikki hafta içida yiğiladi», dedi Arestoviç. Şu bilan birga, u harbiy xizmatçilar frontga jönatilişdan oldin töliq tayyorgarlikdan ötmaganiga işonç bildirdi. Ukraina rasmiysi, şuningdek, birinçi tölqinda Rossiya qömondonligi 90 000 ga yaqin safarbar qilingan ruslarni jangga taşlaşini aytdi.
Bundan taşqari, u Ukraina Qurolli kuçlarining Donetsk oblastidagi Liman hududida olğa siljişi davom etayotganini va oxir-oqibat Rossiya bölinmalari qurşab olinişini aytdi. «Bu harakatni töxtatib bölmaydi. U yerda ularni kiçkina, çiroyli «qozon» kutmoqda. Hammasi allaqaçon mavjud - ular yetib kelişini kutyapmiz», - dedi Arestoviç.
Avvalroq Kiyev Moskva bilan hammani hammaga formulasi böyiça asirlarni almaşiş böyiça muzokaralar olib borayotgani ma’lum qilingandi.
Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka boş boşqarmasi rahbari Kirill Budanovning sözlariga köra, muzokaralar qiyin keçmoqda. Uning qöşimça qilişiça, Ukraina va Rossiya asirlarining sönggi almaşinuviga ikki oydan ortiq vaqt davomida tayyorgarlik körilmoqda.













