Tahlilçilarga köra, ukrainaliklar Limandan 10 km şimolda joylaşgan Stavok hududida Rossiya mudofaasini yorib ötib, Liman ğarbidagi çiziqni uşlab turgan rossiyaliklar uçun oxirgi ta’minot kanali va çiqiş bölgan Torskoye-Drobişevo yölini tösib qöyişgan. 

ISW ta’kidlaşiça, Drobişevo va Liman hududlarida mudofaani uşlab turgan 20-armiyaning BARS-13 bölinmalari va 752-motoöqçilar polki «öta oğir» vaziyatga tuşib qolgan. ISW ekspertlariga köra, Ukraina qöşinlari Limanni ozod qilişga qodir. 

Bundan oldin Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Oleksiy Arestoviç birinçi safarbar qilingan rossiyaliklar allaqaçon uruşga jönatilganini ma’lum qilgandi. 

Uning sözlariga köra, yangi çaqirilgan harbiy xizmatçilar Luhansk oblastidagi Svatovoy hududi va Xarkiv oblastidagi «teşikni şoşilinç yopiş zarurati» bölgan qismlarga yuborilgan.

«Asosiy massa ikki hafta içida yiğiladi», dedi Arestoviç. Şu bilan birga, u harbiy xizmatçilar frontga jönatilişdan oldin töliq tayyorgarlikdan ötmaganiga işonç bildirdi. Ukraina rasmiysi, şuningdek, birinçi tölqinda Rossiya qömondonligi 90 000 ga yaqin safarbar qilingan ruslarni jangga taşlaşini aytdi.