«Bizning geosiyosiy raqiblarimiz öz maqsadlaridan kelib çiqib, yaqinda aytganimizdek, hammani, har kimni, istalgan davlatni foş qilişga, uni inqiroz öçoğiga aylantirişga, rangli inqilobni qözğatişga va qonli qirğinni boşlaşga tayyor. Biz bularning barçasini bir neça bor körganmiz», — dedi Putin MDH davlatlari razvedka xizmatlari rahbarlari bilan suhbat çoğida.
U MDH mamlakatlari xavfsizligiga tahdidlarni tahlil qilişga çaqirib, çegaralardagi vaziyat e’tibor talab qilişini ta’kidladi.
«Şubhasiz, Afğoniston hududida joylaşgan xalqaro terrorçilar çegaradoş davlatlar, jumladan, MDH davlatlari bilan boğliq jinoiy rejalar tuzişi mumkin», — dedi Rossiya rahbari.
Putinning sözlariga köra, MDH mamlakatlari razvedka xizmatlari mavjud va yuzaga kelişi mumkin bölgan tahdidlarga qarşi kuraşiş uçun muvofiqlaştirilgan holda harakat qilişi va bir-birini qöllab-quvvatlaşi kerak. U turli yönalişlarda: axborot almaşinuvidan tortib, kadrlar tayyorlaşgaça bölgan hamkorlikni rivojlantiriş maqsadga muvofiqligini ta’kidladi.
Putin, şuningdek, MDH davlatlarining savdo aylanmasi AQŞ va uning ittifoqçilari bosimiga qaramay ösib borayotganini qöşimça qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning MDH maxsus xizmatlari va razvedka taşkilotlari rahbarlari bilan videomuloqotida Özbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov ham iştirok etdi.

















