
NASA 27 sentabrda DART deb nomlangan kosmik zondi bilan “Dimorf” asteroidiga zarba berdi. Bu missiya keyinçalik xavf solişi mumkin bölgan samoviy jismlardan Yerni himoyalaş qançalik murakkabligini tahlil qiladi. Yerga xavfli kosmik jism urilişi kölamini 114 yil oldin Sibirga kelib tuşgan meteorit orqali tasavvur qiliş mumkin. “Tunguska voqeasi” bilan tarixga kirgan töqnaşuvda 80 million daraxt yonib ketgan.
Asteroid, kometa, meteor va meteorit
Kosmik jismlarning yer bilan töqnaşuvi ayrim hududlar uçun halokatli bölişi mumkin. Kosmik jism deganda asteroid, kometa va meteor va meteorit kabilar tuşuniladi. Bularning barçasi Quyoş atrofida aylanadigan jismlardir. Xöş, bu 4 jism bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? Asteroid kiçik, toşli obekt bölib, teleskopdan yoruğlik bölib körinadi.

Kometaning asteroiddan farqi muz va çangdan iboratligida. Kometa Quyoşga yaqinlaşganda, undagi muz va çang buğlana boşlaydi. Natijada u teleskopda loyqa bölib körinadi.

Meteor va meteorit ham deyarli alohida narsa. Meteorit – asteroid yoki kometaning kiçik bölagi. Meteorit Yerga yaqinlaşib, Yer atmosferasiga kirganda, meteorga aylanadi.

Toşli Tunguskada nima bölgan?
“Tunguska voqeasi” bilan tarixga kirgan voqea Sibirdagi Yenisey daryosi böyidagi Krasnoyarsk şahri yaqinidagi Toşli Tunguska daryosi böyida sodir bölgan. 1908 yil 30 iyun tongida 10–40 megatonna portlaş quvvatiga ega meteorit Yerga kelib tuşib, portlaydi.

Portlaş Şarqiy Sibir Taygadagi 2150 kilometr kvadrat örmonlardagi 80 million daraxtni yöq qilgan. Voqeaga guvoh bölganlar kamida 3 kişi halok bölganini aytişadi. 50-60 metr ölçamdagi bu toş asteroid 27 km/s tezlikda harakatlangan. Obekt yerga 5-10 kilometr balandlikda parçalanib ketgan deb taxmin qilinadi. “Tunguska voqeasi” yozma tarix boşlangandan beri Yerda eng katta kosmik jism portlaşi hisoblanadi. Aslida, yer tarixida “Tunguska voqeasi”dan kattaroq kosmik jismlar portlaşi ham sodir bölgan.



















