Arestoviçning «Feygin Live» YouTube-kanali efirida ma’lum qilişiça, hozirça Liman yaqinidagi vaziyat haqida töliq ma’lumot yöq.
Ba’zi manbalarga köra, şahar allaqaçon töliq örab olingan, boşqa ma’lumotlarga qaraganda, rossiyaliklarning çiqib ketişi uçun imkoniyat hali ham mavjud bölişi mumkin.
Turli manbalarga köra, qurşovda 2,5 mingdan 5,5 minggaça rossiyalik harbiy xizmatçilar bor, deb xabar qildi Oleksiy Arestoviç.
Bundan oldin Uruşni örganiş böyiça Amerika instituti (ISW) Ukraina qöşinlari Donetsk oblastining Liman hududida Rossiya kuçlarini qamal qilişni yakunlagan bölişi mumkinligi haqida ma’lumot bergandi.
Tahlilçilarga köra, ukrainaliklar Limandan 10 km şimolda joylaşgan Stavok hududida Rossiya mudofaasini yorib ötib, Liman ğarbidagi çiziqni uşlab turgan rossiyaliklar uçun oxirgi ta’minot kanali va çiqiş bölgan Torskoye-Drobişevo yölini tösib qöyişgan.
ISW ta’kidlaşiça, Drobişevo va Liman hududlarida mudofaani uşlab turgan 20-armiyaning BARS-13 bölinmalari va 752-motoöqçilar polki «öta oğir» vaziyatga tuşib qolgan. ISW ekspertlariga köra, Ukraina qöşinlari Limanni ozod qilişga qodir.













