Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish doirasidagi dastlabki majburiyatlari shakllantiriladi
O‘zbekiston mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruh 6-yig‘ilishini tashkil etish uchun barcha zarur hujjatlarni topshirdi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev raisligida Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish chog‘ida JSTga kirish jarayoni hozirgi holati va O‘zbekiston tashkilotga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhi 6-yig‘ilishini tashkil etishga tayyorgarlik muhokama qilindi.
Rejalashtirilgan muzokaralarni tashkil etish uchun barcha zarur hujjatlar JSTga a’zo mamlakatlarga topshirilgan. Avval erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida JSTga a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar va tashkilot kotibiyati bilan maslahatlashuvlar doimiy asosda davom etmoqda.
Yig‘ilishda joriy yil oxirigacha JSTga a’zo bo‘lish doirasidagi asosiy vazifalar belgilab olindi. Ta’kidlanganidek, hozirgi bosqichda JSTga a’zo bo‘lish shartlarini muhokama qilishni faollashtirish zarur. Idoralararo komissiya a’zolariga ishchi guruh 6-yig‘ilishiga o‘z vaqtida va sifatli tayyorgarlik ko‘rish, barcha vazifalar ijrosini yuqori professional darajada ta’minlash va tayyorlanayotgan hujjatlar sifatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Ikki tomonlama muzokaralar doirasida JSTga a’zo mamlakatlar so‘rovlariga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish doirasidagi dastlabki majburiyatlarini shakllantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘zbekiston manfaatlarini ilgari surish va tashkilotga a’zolikni jadallashtirish maqsadida yaqin kelajakda JSTga a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishga qaror qilindi.
Mavzuga oid
15:57 / 14.02.2026
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yangi qo‘llab-quvvatlash choralari va’da qilindi
00:18 / 09.02.2026
“Metan zapravka” qurishga ruxsat yo‘q. Borlariga gaz yetkazib bera olishmayapti” – Jamshid Xo‘jayev
15:50 / 21.01.2026
Elchixonalarda tadbirkorlar uchun koll-markaz tashkil qilish taklif etildi
15:20 / 21.01.2026