Qöşma Ştatlar tomonidan kiritilgan rezolyutsiyani 10 davlat qöllab-quvvatladi. Xitoy, Gabon, Hindiston va Braziliya betaraf qoldi. 

Qayd etilişiça, endi BMT Boş assambleyasi vaziyatni muhokama qilişi va Rossiya veto huquqidan foydalangani böyiça hisobot tayyorlaşi kerak.

Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya özini «DXR» va «LXR» deb e’lon qilgan hududlar «qöşilganidan» söng, Ukrainaning egallab olingan hududiga olib kelgan falokatga qöşilişini ma’lum qilgandi.

Uning sözlariga köra, Rossiyada «bir kişi» uruşni davom ettirişni istaydi va şu tufayli butun jamiyat normal iqtisodiyotsiz, munosib hayotsiz, heç qanday insoniy qadriyatlarga hurmatsiz qolyapti. 

Ukraina prezidenti, şuningdek, çeçenlar, inguşlar, osetinlar, çerkeslar va Rossiyaning boşqa barça mahalliy xalqlarini «200-yuk» bölib qolmaslik uçun uruşga bormaslikka çaqirdi. Murojaatining bir qismini ruslarga yönaltirdi, u rus tilida e’lon qildi.