Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya kompaniyalari O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
Turkiyaning Kayseri viloyatida O‘zbekiston savdo-iqtisodiy, investitsiya va sayyohlik salohiyati taqdim qilindi.
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi diplomatlari amaliy safar bilan ushbu mamlakatning Kayseri viloyatida bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Viloyat 30 ga yaqin yetakchi sanoat kompaniyalari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston savdo-iqtisodiy, investitsiya va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, Sersim, Boyteks Group, Mundo Group va Yataş Holding kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasi usuli orqali qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish va O‘zbekiston hududida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar natijasida Kayseri viloyati turizm agentliklari hamda yetakchi sanoat kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga safarini uyushtirishga kelishib olindi.
Kayseri viloyati sanoati asosini to‘qimachilik, elektrotexnika, mebelsozlik va mashinasozlik jabhalari tashkil qiladi. Viloyatda jami 25 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’yektlari ro‘yxatdan o‘tgan. Hududda 4 ta sanoat va erkin iqtisodiy zonalar faoliyat ko‘rsatadi. 2021 yil yakunlariga ko‘ra, Turkiya ushbu mintaqasidan 3,6 milliard dollarga teng mahsulot eksport qilingan.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026