Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda MDH davlatlarida har 1000 doimiy aholiga tug‘ilish koeffitsiyenti bo‘yicha O‘zbekiston yetakchilik qilyapti – 25,9 ta.

Undan keyingi o‘rinlardan tug‘ilish koeffitsiyenti mos ravishda 23,5 ta va 22,4 ta bo‘lgan Qozog‘iston hamda Qirg‘iziston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Armaniston – 12,4 ta;
  • Ozarboyjon – 11,2 ta;
  • Moldova – 11,2 ta;
  • Rossiya – 9,6 ta;
  • Ukraina – 7,3 ta.

Qayd etilishicha, boshqa davlatlarning ma’lumoti topilmagan.