Oryx ma’lumotlariga köra, Ukraina qurolli kuçlari Rossiyaning 460 ta asosiy jangovar tankini, 92 ta öziyurar gaubitsasini, 448 ta piyoda askarlari maşinasini, 195 ta zirhli jangovar texnikasini va 44 ta yalpi öt oçiş reaktiv tizimini qölga kiritgan.
Ukraina tomonidan musodara qilingan Rossiya uskunalarining haqiqiy soni bundan ham köproq bölişi mumkin, deb ta’kidlaydi WSJ.
Naşrning qayd etişiça, Rossiya Federatsiyasining Xarkiv oblastida çekinişi vaqtida Ukraina armiyasiga katta miqdordagi texnika ötgan, bu vaqtda rus qöşinlari oğir qurol va öq-dorilar omborlarini taşlab ketgan.
Şu bilan birga, tahlilçilarga köra, Rossiya fevral oyidan buyon Ukrainaning 109 ta tanki, 15 ta öziyurar artilleriya majmuasi va 63 ta piyoda jangovar maşinasini qölga kiritgan.
Bundan oldin Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiyada Ukraina Qurolli kuçlarining bölajak kiçik qömondonlarini tayyorlaş boşlangandi.
Kurs yetakçilik, psixologik, uslubiy, jangovar, texnik va taktik tayyorgarlik, şuningdek, xalqaro gumanitar huquq böyiça darslarni öz içiga oladi, deyiladi Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi bayonotida.
Mahkamaning aniqlik kiritişiça, uşbu kurs «Ukraina serjantlar tayyorlaş dasturi asosida Ukraina Qurolli kuçlarining jangovar tajribasini hisobga olgan holda işlab çiqilgan».
Qayd etilişiça, undan ötganlar Ukraina qurolli kuçlarining turli bölinmalarida harbiy qismlar otryad komandirlari lavozimlariga tayinlanadilar.












